Jamiyat

Qoraqalpogʻistonga saqoqushlar uchib keldi - foto

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qoʻriqxonasining xodimlari Qizil kitobiga kiritilgan saqoqushlar galasini tasvirga olishga muvaffaq boʻlishdi.
TOSHKENT, 5 may — Sputnik. “Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qoʻriqxonasiga saqoqushlar uchib keldi. Bu haqda qoʻriqxona matbuot xizmati xabar berdi.
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi inspektorlari qoʻriqxona hududida muntazam ravishda nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Oʻrganishlar jarayonida hududda turli jonivorlar, qushlar aniqlanib, inspektorlar tomonidan fotokameralarga muhrlandi.
“Qoʻriqxona xodimlari tomonidan navbatdagi monitoring ishlari olib borildi. Oʻrganishlar davomida pushti saqoqushlar galasini tasvirga olishga muvaffaq boʻlindi”, - deyiladi xabarda.
Pushti saqoqush zaif, qisqarib borayotgan, uchib oʻtuvchi-uyalovchi tur sanaladi. Bu qush Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
© Foto: “Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qoʻriqxonasi
“Sudochye-Akpetkey” qoʻriqxonasiga saqoqushlar uchib keldi - Sputnik Oʻzbekiston
1/4
© Foto: “Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qoʻriqxonasi
“Sudochye-Akpetkey” qoʻriqxonasiga saqoqushlar uchib keldi - Sputnik Oʻzbekiston
2/4
© Foto: “Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qoʻriqxonasi
“Sudochye-Akpetkey” qoʻriqxonasiga saqoqushlar uchib keldi - Sputnik Oʻzbekiston
3/4
© Foto: “Sudochye-Akpetkey” davlat buyurtma qoʻriqxonasi
“Sudochye-Akpetkey” qoʻriqxonasiga saqoqushlar uchib keldi - Sputnik Oʻzbekiston
4/4
Maʼlumot uchun, “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi Qoraqalpogʻistonda joylashgan. Uning umumiy maydoni 280 507 gektarga teng.
Hozirda qoʻriqxona xodimlari suv atrofida yashovchi qushlar, noyob, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan baliqlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlarni saqlab qolish hamda ularni qayta koʻpaytirish kabi ishlar bilan shugʻullanib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0