Qozog‘istonda uchta yangi viloyat tashkil etildi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka o‘tishVid na Nur-Sultan, foto iz arxiva
Vid na Nur-Sultan, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda uchta yangi mintaqa tashkil etildi hamda Olmaota viloyatining ma’muriy markazi ko‘chirildi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Qozog‘istonda uchta yangi Abay, Jetisu, Ulitau viloyatlari tashkil etildi. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tegishli farmonni imzoladi.

Abay viloyati

Ma’muriy markazi Semey. Viloyat tarkibiga Sharqiy Qozog‘iston viloyatidan Oqsuat, Abay, Ayag‘oz, Beskarag‘ay, Boroduluxa, Jarma, Urjar, Ko‘kpekti tumanlari, Semey va Kurchatov shaharlari kiritildi.

Jetisu viloyati

Taldiqo‘rg‘on viloyatning ma’muriy markazi. Olmaota viloyatidan yangi hududga Oqsuv, Alakol, Yeskeldin, Karatal, Kerbulak, Koksu, Panfilov, Sarkan tumanlari hamda Taldiqo‘rg‘on va Tekeli shaharlari kiradi.

Ulitau viloyati

Ulitau viloyati esa Qarag‘anda viloyatidan ajratilgan Janaariq, Ulitau tumanlari hamda Jezqozg‘an, Karajala va Satpayev shaharlarini o‘z ichiga oladi. Uning markazi Jezqozg‘an shahri bo‘ladi.
Hukumatga Oliy sud, Oliy sud Kengashi va davlat organlari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu farmonni amalga oshirish uchun tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va boshqa choralarni ko‘rish topshirildi.
Bundan tashqari, Olmaota viloyatining ma’muriy markazi Taldiqo‘rg‘ondan Qo‘nayev (avvalgi Kapshag‘ay) shahriga ko‘chirildi.
Yangiliklar lentasi
0