https://oz.sputniknews-uz.com/20220505/surxondaryodan-har-kuni-rossiyaga-orik-eksport-qilinmoqda-24368092.html
Surxondaryodan har kuni Rossiyaga oʻrik eksport qilinmoqda
Surxondaryodan har kuni Rossiyaga oʻrik eksport qilinmoqda
Bu yilgi mavsum davomida Termiz tumanida oʻrikning oʻzidan 270-300 tonna atrofida hosil olish va uni chet davlatlarga eksport qilish kutilmoqda. 05.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-05T13:08+0500
2022-05-05T13:08+0500
2022-05-05T13:26+0500
iqtisod
rossiya
surxondaryo viloyati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/05/24367622_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_0da4e932b52babab8693b977f946f15a.jpg
TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida pishib yetilgan oʻrik hosili kunlik terib olinib, har kuni 10 tonnadan ortiq mahsulot Rossiya va qoʻshni davlatlarga eksport qilinmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda. Oʻzbekistonning eng janubiy hududi – Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidan yangi hosil oʻrigining birinchi partiyalarini eksport qilish boshlandi. Xususan, “SPN Humo agro” korxonasi hozirga qadar bir necha oʻnlab tonna ertapishar sarxil oʻriklarini tashqi bozorlarga joʻnatgan.Korxonaga qarashli maydonda Turkiya, Italiya va Gretsiya kabi davlatlardan keltirilgan “Pretsiya”, “Rubista”, “Moyakot” kabi oʻriklarning 18 turdagi ertapishar, hosildor navlari ekilgan.Hozirda 30 gektar maydonda shaftoli, 58 gektarda oʻrikning hosildor navlarini yetishtirilmoqda. Bu yilgi mavsum davomida oʻrikning oʻzidan 270-300 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.Korxona direktori Nurbek Aliqulovning soʻzlariga koʻra, Termiz tumani Oʻzbekistonning eng janubida joylashganligi va oʻziga xos ob-havosi sabab boshqa hududlarga qaraganda meva-sabzavotlar erta pishib yetiladi.Fargʻonadan Sverdlovskka meva-sabzavot eksporti hajmi oshiriladiShuningdek, oʻriklar mahalliy aholi isteʼmoli uchun respublika boʻylab ichki bozorlarga chiqarilmoqda.Maʼlumot uchun, oʻtgan yili oʻrik eksporti hajmi keskin pasayib, soʻnggi 5 yildagi eng past koʻrsatkichni qayd etgan. Yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 8,3 tonna oʻrik eksport qilingan.
rossiya
surxondaryo viloyati
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/05/24367622_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_891f8693bcba3901015c446d300bcb1e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, surxondaryo viloyati
Surxondaryodan har kuni Rossiyaga oʻrik eksport qilinmoqda
13:08 05.05.2022 (yangilandi: 13:26 05.05.2022) Bu yilgi mavsum davomida Termiz tumanida oʻrikning oʻzidan 270-300 tonna atrofida hosil olish va uni chet davlatlarga eksport qilish kutilmoqda.
TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida pishib yetilgan oʻrik hosili kunlik terib olinib, har kuni 10 tonnadan ortiq mahsulot Rossiya va qoʻshni davlatlarga eksport qilinmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi
xabar bermoqda. Oʻzbekistonning eng janubiy hududi – Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidan yangi hosil oʻrigining birinchi partiyalarini eksport qilish boshlandi. Xususan, “SPN Humo agro” korxonasi hozirga qadar bir necha oʻnlab tonna ertapishar sarxil oʻriklarini tashqi bozorlarga joʻnatgan.
Korxonaga qarashli maydonda Turkiya, Italiya va Gretsiya kabi davlatlardan keltirilgan “Pretsiya”, “Rubista”, “Moyakot” kabi oʻriklarning 18 turdagi ertapishar, hosildor navlari ekilgan.
Hozirda 30 gektar maydonda shaftoli, 58 gektarda oʻrikning hosildor navlarini yetishtirilmoqda. Bu yilgi mavsum davomida oʻrikning oʻzidan 270-300 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.
Korxona direktori Nurbek Aliqulovning soʻzlariga koʻra, Termiz tumani Oʻzbekistonning eng janubida joylashganligi va oʻziga xos ob-havosi sabab boshqa hududlarga qaraganda meva-sabzavotlar erta pishib yetiladi.
Shuningdek, oʻriklar mahalliy aholi isteʼmoli uchun respublika boʻylab ichki bozorlarga chiqarilmoqda.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yili oʻrik eksporti hajmi keskin pasayib, soʻnggi 5 yildagi eng past koʻrsatkichni qayd etgan. Yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 8,3 tonna oʻrik eksport qilingan.