Toshkentdagi “Nest One” qurilish binosida yong‘in chiqdi – foto

© pexels.ciom/Vladimir ShipitsinGorashee zdanie
Gorashee zdanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida binoning D blok 7-qavatida ta’mirlash ishlari vaqtida 4 kv.m maydonda qurilish materiali yongan.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. “Tashkent sity”dagi “Nest One” binosining qurilish maydonida yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 5-may kuni soat 17:26 da poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan Nest One” qurilish binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.
© SputnikToshkentdagi Nest One qurilish binosida yong‘in yuz berdi
Toshkentdagi Nest One qurilish binosida yong‘in yuz berdi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Toshkentdagi Nest One qurilish binosida yong‘in yuz berdi

3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:27 da yetib borib, yong‘in soat 17:38 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida binoning D blok 7-qavatida ta’mirlash ishlari vaqtida 4 kv.m maydonda qurilish materiali yongan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0