Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘oliblari qanday rag‘batlantiriladi

© Sputnik / Zafar XalilovSum
Sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 5 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar 5 ming dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu prezident imzolagan tegishli qarorda ko‘zda tutilgan.
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindorlar, ularning trenerlari quyidagicha rag‘batlantiriladi:
G‘olib va sovrindorlar:
oltin medal uchun – 5 000 dollar;
kumush medal uchun – 3 000 dollar;
bronza medal uchun – 2 000 dollar;
G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan murabbiylar:
oltin medal uchun – 2 500 dollar;
kumush medal uchun – 1 500 dollar;
bronza medal uchun – 1 000 dollar;
boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):
oltin medal uchun – 2 000 dollar;
kumush medal uchun – 1 000 dollar;
bronza medal uchun – 500 dollar miqdorida bir martalik pul mukofotlari.
Bundan tashqari, g‘olib va sovrindorlar, murabbiylar qo‘shimcha ravishda mahalliy budjetdan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
G‘olib va sovrindorlar:
oltin medal uchun – BHMning 300 baravari (81 mln so‘m);
kumush medal uchun – BHMning 200 baravari (54 mln so‘m);
bronza medal uchun – BHMning 100 baravari (27 mln so‘m);
G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan murabbiylar:
oltin medal uchun – 200 BHM (54 mln so‘m);
kumush medal uchun – 100 BHM (27 mln so‘m);
bronza medal uchun – 50 BHM (13,5 mln so‘m).
2022 yilgi Osiyo o‘yinlari 10-sentabrdan 25-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi. Paraosiyo o‘yinlari 9—15 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0