Dunyoda

Alisher Usmanov YEIni sudga berdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishAlisher Usmanov
Alisher Usmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tadbirkor oʻzining sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilishi yuzasidan Yevropa sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qildi.
TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Rossiyalik milliarder va tadbirkor Alisher oʻzining Usmanov Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilganiga norozilik bildirib, Yevropa sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib, “RT” xabar bermoqda.
“Janob Alisher Usmanovning [Yevropa Ittifoqi] Kengashga qarshi daʼvosi 29 aprel kuni qoʻzgʻatilgan. Daʼvogar Kengashning unga nisbatan cheklov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilishni va sud qarori chiqarilgunga qadar taqiqlovchi choralarni qoʻllashni toʻxtatib turishni talab qilmoqda”, - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Daʼvoni koʻrib chiqish sanasi hali belgilanmagan.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 28 fevral kuni YEI kengashi USM holdingi asoschichi Alisher Usmanovni boshqa rossiyalik tadbirkorlar, rasmiylar va madaniyat arboblari qatori Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishga hissa qoʻshgan shaxslar qora roʻyxatiga kiritdi. Ularning barchasiga Yevropa Ittifoqiga kirish taqiqlandi, Yevropa Ittifoqidagi aktivlari muzlatildi.
Yangiliklar lentasi
0