Chorsu bozori rekonstruksiyasi Madaniy meros agentligi nazoratida amalga oshiriladi

© Madaniy meros agentligiRinok Chorsu. Rekonstruksiya
Rinok Chorsu. Rekonstruksiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘k gumbazlar ostidagi bozorning savdo rastalari holati sanitariya talablariga to‘liq javob bermaydi. Bozor zamonaviy talablar asosida qayta tiklanadi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. “Eski shahar” markazidagi Chorsu dehqon bozori Madaniy meros agentligi nazorati ostidare konstruksiya qilinadi. Qayta tiklash ishlari davomida yettita gumbazning tarixiy qiymatiga zarar yetkazilmaydi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Ayni kunlarda Chorsu bozorida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Ijtimoy tarmoqlarda qurilish ishlarida bozordagi gumbazlardan biri buzib tashlanishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. Agentlik ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida mutaxassislar, arxeolog olimlar va OAV ishtirokida qurilish jarayonini borib o‘rgandi.
“Bozorning aynan qaysi hududlari tarixiy ahamiyat kasb etishini ko‘rib chiqish kerak. Nafaqat bozordagi, balki uning atrofidagi ba’zi binolar ham madaniy meros obyekti sifatida ko‘rib chiqilmoqda”, deydi Ilmiy ekspert kengashi a’zosi Zafar Hakimov.
Bozordagi 7 ta ko‘k gumbaz madaniy meros obyekti sifatida baholanadi. Ushbu hududni rekonstruksiya qilishga oid eski loyihada kichik gumbazlarning buzilishi nazarda tutilgan edi. Agentlik ushbu loyihani rad etgan. Hozirda mazkur gumbazlarni saqlab qolgan holda ta’mirlash ishlariga ruxsat berildi.
© Madaniy meros agentligiRinok Chorsu. Rekonstruksiya
Rinok Chorsu. Rekonstruksiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2022
Rinok Chorsu. Rekonstruksiya
Agentlik yangi loyiha bo‘yicha arxitektorlarga o‘z takliflarini bergan. Hozirda qurilishda qonunga hilof ishlar aniqlanmagan.
“Biz ushbu gumbazlarning tarixiy ahamiyati saqlanib qolishi lozimligini qat’iy talab qilamiz”, deydi Ilmiy ekspert kengashi a’zosi Muhammad Foziliy.
Bozor gumbazlariga qo‘shimcha jihozlar o‘rnatish, uning ustini qoplash, naqshlarini o‘zgartirish, zamonaviy bezak kiritish ishlari uchun ham agentlikdan ruxsat olinishi kerak.

Chorsu bozori rekonstruksiyaga muhtojmi ?

Savdo markazi milodiy XI-XII asrlardan mavjud. Bugungi kunga kelib unda zamonaviy talablar asosida infrastruktura va qulaylik yaratish zaruriyati yuzaga kelgan. Ayni vaqtda gumbazlar ostidagi savdo rastalari holatisanitariya talablariga to‘liq javob bermaydi. Yoritish, tozalik, havo tozaligi, texnik va yong‘in xavfsizligi masalalarida muammolar mavjud.
Agentlik tarixiy obidalarni asrashda befarq bo‘lmagan fuqarolarni hamkorlikka chaqirdi. Nafaqat Chorsu bozoridagi rekonstruksiya ishlari, balki butun mamlakatdagi madaniy meros obyektlariga zarar yetkazilgan taqdirda, (71) 200 01 18 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berish so‘ralmoqda.
Ma’lumot uchun, Chorsu dehqon bozori Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim markaz bo‘lgan to‘rtta savdo ko‘chalari kesishmasida tashkil etilgan. Bozor ko‘k gumbazlar ostida bir nechta savdo bo‘limlaridan iborat. U yerda oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or, gilam, zargarlik buyumlari va hunarmandchilikga doir mahsulotlar sotiladi.
Yangiliklar lentasi
0