Iqtisod

Oʻtgan yilda eng koʻp foyda va zarar koʻrgan korxonalar nomi maʼlum boʻldi

© Press-slujba AGMKProizvodstvo medi na predpriyatii AGMK
Proizvodstvo medi na predpriyatii AGMK - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻtgan yili eng koʻp zararni “Oʻztransgaz” koʻrdi. “Navoiy kon-metaoourgiya kombinati” esa eng koʻp foyda oldi.
TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Eng koʻp sof foyda olgan va dividend toʻlagan korxona bu – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK boʻldi. “Oʻztransgaz” AJ esa bu yil ham eng koʻp zarar koʻrib ishlagan korxona Top-20 taligida birinchi oʻrin boʻldi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Agentlik oʻtgan yili eng koʻp zarar koʻrgan va eng koʻp foyda koʻrgan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatini eʼlon qildi.
Unga koʻra, moliyaviy hisobot topshirgan 1770 ta korxonaning tahlil natijasiga koʻra, 20 ta korxona eng yuqori sof foyda olgan. Eng koʻp zarar koʻrgan korxonalar soni ham 20 ta. Shuningdek, 10 ta korxona davlat ulushi boʻyicha eng koʻp dividend toʻlagan (oraliq dividend va oldingi yillar qarzdorliklari bilan birga).
Eng koʻp foyda koʻrgan davlat ulushiga ega boʻlgan korxonalar:
1.
NKMK - 10 639,8 mlrd soʻm;
2.
OKMK - 5 359,8 mlrd soʻm;
3.
“Oʻzbekneftegaz” - 3 348,8 mlrd soʻm;
4.
“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati”AJ- 1 471,5 mlrd soʻm;
5.
“Navoiyazot” AJ -779,8 mlrd soʻm;
6.
“Oʻzbektelekom” AJ -473,9 mlrd soʻm;
7.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ -400,3 mlrd soʻm;
8.
“Fargʻonaazot” -348,8 mlrd soʻm;
9.
“Agroklaster” MCHJ -194,8 mlrd soʻm;
10.
“Tovar hom ashyo birjasi” AJ-140,1 mlrd soʻm.
Eng koʻp zarar koʻrgan korxona:
1.
“Oʻztransgaz” AJ -2515,8 mlrd soʻm;
2.
Milliy elektr tarmoqlari - 2105,2 mlrd soʻm;
3.
“Toshissiqsuvqquvati” DUK - 534,3 mlrd soʻm;
4.
“Yangi Angren IES” AJ - 304 mlrd soʻm;
5.
Toshshahartransxizmat - 127,6 mlrd soʻm;
6.
“Angren IES” AJ - 87,6 mlrd soʻm;
7.
Angren issiqlik energiyasi korxonasi DUK -68,3 mlrd soʻm;
8.
“Toshkent issiqlik markazi” DUK -53,6 mlrd soʻm;
9.
Oʻzavtotrans servis MCHJ - 51,5 mlrd soʻm;
10.
FK Bundyokor MCHJ - 37 mlrd soʻm;
11.
“Paxtakor futbol klubi” MCHJ - 30,3 mlrd soʻm.
Xabarda aytilishicha, hozirdadavlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 117 tani tashkil etmoqda. Shundan 347 tasi boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan. Bular faoliyatsiz yoki tugatish jarayoni olib borilayotgan korxonalar hisoblanadi. Ushbu korxonalarda davlat nomidan aktsiyador funktsiyasi 70 dan ortiq vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0