https://sputniknews-uz.com/20220506/ozbekistonlik-olimlar-shirinlatgich-ishlab-chiqarishning-yangi-texnologiyasini-yaratdi-24392662.html
Oʻzbekistonlik olimlar shirinlatgich ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratdi
Oʻzbekistonlik olimlar shirinlatgich ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratdi
Olimlar “Sweetlife – I” va “Sweetlife – II” nomli oziq-ovqat hamda farmatsevtika uchun tabiiy shirinlatgichlar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratdi 06.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-06T11:27+0500
2022-05-06T11:27+0500
2022-05-06T11:27+0500
madaniyat
yangiliklar
shakar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/630/56/6305613_0:0:2798:1574_1920x0_80_0_0_dcdba518a8206f0224b1bb5a36cb7f57.jpg
TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Oʻzbekistonlik olimlar shirinlik koʻrsatgichi shakardan 200 bavar koʻproq boʻlgan shirinlatgich ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdi. Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi xabar bermoqda. Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti Tajriba ishlab chiqarish korxonasi bazasida “Sweetlife – I” va “Sweetlife – II” nomli oziq-ovqat hamda farmatsevtika uchun foydalanish mumkin boʻlgan tabiiy shirinlatgichlar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi.Bugungi kunda ushbu mahsulotlarning sanoat uslubida ishlab chiqarish texnologiyasi hamda sanoat qurilmasi yaratildi va mahsulotlarning ilk namunalari ishlab chiqarildi”, deyiladi xabarda.Aytilishicha, hozirgi paytda tarkibida shakar hisoblanmagan, ammo shirin moddalar saqlovchi 15 dan ortiq oʻsimlik turlari maʼlum. Oʻsimlik turlaridan olingan steviozid strukturali glikozidlarga oziq-ovqatda shirinlashtiruvchi vosita sifatida isteʼmol qilishga ruxsat berilgan.Oʻzbekistonda steviyani oʻstirish hamda chuqur qayta ishlash jarayonlari toʻliq oʻrganib chiqilgan. Respublikada parvarishlangan oʻsimlikdagi steviozid moddasi dunyoning boshqa mamlakatlarida yetishtirilganiga qaraganda ancha yuqori - 19,7 %ni tashkil qiladi.Surxondaryo va Toshkent viloyalarning barcha tumanlarida steviya oʻsimligini madaniylashtirish va yetishtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.Maʼlumot uchun, steviya oʻsimligi damlamasidan olinadigan steviozid moddasi shakardan 150 barobar shirin. Uning shirinlik darajasi yuqori boʻlsa-da, oʻta shifobaxsh hisoblanadi. Farmatsevtikada giyohlarga ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan tayyor holda steviya qadoqlangan qutida chiqariladi. Uni uyda xona gullari sifatida oʻstirsa ham boʻladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/630/56/6305613_67:0:2798:2048_1920x0_80_0_0_4dc44818165b22264b9507b350194b31.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar, shakar
Oʻzbekistonlik olimlar shirinlatgich ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratdi
Olimlar “Sweetlife – I” va “Sweetlife – II” nomli oziq-ovqat hamda farmatsevtika uchun tabiiy shirinlatgichlar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratdi
TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Oʻzbekistonlik olimlar shirinlik koʻrsatgichi shakardan 200 bavar koʻproq boʻlgan shirinlatgich ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdi. Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
xabar bermoqda.
Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti Tajriba ishlab chiqarish korxonasi bazasida “Sweetlife – I” va “Sweetlife – II” nomli oziq-ovqat hamda farmatsevtika uchun foydalanish mumkin boʻlgan tabiiy shirinlatgichlar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi.
“Steviya oʻsimligidan olinadigan Sweetlife I shirinlatgichining shirinlik koʻrsatkichi shakarga nisbatan 200 barobar yuqori, Sweetlife II - 250-300 barobar.
Bugungi kunda ushbu mahsulotlarning sanoat uslubida ishlab chiqarish texnologiyasi hamda sanoat qurilmasi yaratildi va mahsulotlarning ilk namunalari ishlab chiqarildi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, hozirgi paytda tarkibida shakar hisoblanmagan, ammo shirin moddalar saqlovchi 15 dan ortiq oʻsimlik turlari maʼlum. Oʻsimlik turlaridan olingan steviozid strukturali glikozidlarga oziq-ovqatda shirinlashtiruvchi vosita sifatida isteʼmol qilishga ruxsat berilgan.
Oʻzbekistonda steviyani oʻstirish hamda chuqur qayta ishlash jarayonlari toʻliq oʻrganib chiqilgan. Respublikada parvarishlangan oʻsimlikdagi steviozid moddasi dunyoning boshqa mamlakatlarida yetishtirilganiga qaraganda ancha yuqori - 19,7 %ni tashkil qiladi.
Surxondaryo va Toshkent viloyalarning barcha tumanlarida steviya oʻsimligini madaniylashtirish va yetishtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Maʼlumot uchun, steviya oʻsimligi damlamasidan olinadigan steviozid moddasi shakardan 150 barobar shirin. Uning shirinlik darajasi yuqori boʻlsa-da, oʻta shifobaxsh hisoblanadi. Farmatsevtikada giyohlarga ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan tayyor holda steviya qadoqlangan qutida chiqariladi. Uni uyda xona gullari sifatida
oʻstirsa ham boʻladi.