Jamiyat

Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila Toshkentda ham sezildi

© AP Photo / DITA ALANGKARATsifrovoy seysmograf, arxivnoye foto
Tsifrovoy seysmograf, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkentdan 158 km masofada sodir boʻlgan zilzila Bekobod shahrida ham 2 ball darajasida sezildi.
TOSHKENT, 6 may — Sputnik.Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida zilzila sodir boʻldi, deb xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 158 kilometr janubiy-sharqda joylashgan boʻlib, oʻchogʻi 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,1 ga teng boʻlgan. Zilzila koordinatalari: 39,87 gradus shimoliy kenglik; 69,56 gradus sharqiy uzunlik.
Yerosti silkinishlari kuchi Toshkent viloyatining Bekobod shahrida sezilgan: 2 ball, 46 km.
Oʻzbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik sezilmadi. Vayronagarchilik va qurbonlar haqida maʼlumotlar yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0