Jamiyat

Toshkent - Qarshi - Shaxrisabz yoʻnalishida bitta “Afrosiyob” qatnaydigan boʻldi

© "Uzbekistan temir yullari"Prezentatsiya novogo poyezda "Afrosiab" v Tashkente
Prezentatsiya novogo poyezda Afrosiab v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Toshkent - Shaxrisabz" yoʻnalishida qatnaydigan “Afrosiyob” poyezdi "Qarshi" bekati orqali oʻtadi. Yoʻnalishlar bir-birini takrorlagani sababli Qarshiga qatnaydigan poyezd bekor qilingan.
TOSHKENT, 6 may — Sputnik. 7, 8 maydan boshlab, haftaning shanba va yakshanba kunlari “Toshkent-Shahrisabz-Toshkent” yoʻnalishida 758/757-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.

Poyezlarning harakat jadvali quyidagicha:

“Toshkent- Shahrisabz” yoʻnalishida qatnaydigan 758-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Toshkent markaziy vokzalidan soat 08:00 da qatnaydi.
“Shahrisabz-Toshkent” yoʻnalishida qatnaydigan 757-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa Shahrisabz temir yoʻl vokzalidan soat 15:40 da harakatini boshlaydi.
“Bugungi kunda “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 760/759-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining har shanba, yakshanba kunlari qatnovi toʻxtatiladi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, bugungi kungacha Toshkentdan Shahrisabzgacha 4-sonli va Shahrisabzdan Toshkentgacha 3-son yoʻlovchi poyezdlari qatnovi amalga oshirlgan.
Yuqorida qayd etilgan 757 va 758 sonli poyezdlar ham Qarshi bekati orqali oʻtadi. Yoʻnalishlar qisman bir-birini takrorlagani sababli faqat bittasini saqlab qolishga qaror qilingan.
Yangiliklar lentasi
0