Madaniyat

Toshkentda “Yeralash” kinojurnali rejissyori mahorat darsi oʻtkazadi

© Sputnik / Sergey PyatakovStudiya "Yeralash"
Studiya Yeralash - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkentda mashhur “Yeralash” kinojurnali rejissyori Feliks Krivosheyev ishtirokida mahorat darsi boʻlib oʻtadi. Unga kirish bepul.
TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti 7 may kuni Toshkent filialida rejissyor Feliks Krivosheyev tomonidan mahorat darsi oʻtkaziladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Rejissyor Rossiya prodyuserlar gildiyasi, koʻplab rus telekanallari muharriri va “Yeralash” jurnali rejissyori hisoblanadi. U dunyoda birinchilardan boʻlib onlayn kino maktabi hamda "Lucky" nomli "Video 360" formatidagi janrli filmlarni yaratgan.
Mahorat darsi soat 10:00 da boshlanadi. Kirish bepul. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali chilonzor 1A manzilida joylashgan.
Maʼlumot uchun, yuz minglab bolalar va kattalar Yeralashda rol oʻynashni orzu qilishgan. Bir necha oʻn yillar davomida “Yeralash” faqat Moskvada suratga olingan. 2010 yildan boshlab esa viloyatdagi bolalarda ham Yeralashda suratga tushish imkoniyati yaratilgan.
Bugun hamma oʻzining sevimli kinojurnalining qahramoniga aylanishi mumkin. Bu imkoniyat Yeralash studiyasi tomonidan taqdim etiladi. Ayni paytda studiya Rossiyaning koʻplab shaharlarida ochilgan. Studiya “Yeralash” jurnali bilan hamkorlikda ishlaydi.
Yangiliklar lentasi
0