Gavanadagi mehmonxonada kuchli portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

© AFP 2023 / Adalberto RoqueSpasateli i pojarnie na meste vzriva v gostinitse Saratoga v Gavane
Spasateli i pojarnie na meste vzriva v gostinitse Saratoga v Gavane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2022
Obuna bo‘lish
Portlash oqibatida 22 kishi jumladan bir bola qurbon bo‘lgan, 64 kishi jarohatlangan.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Kecha, 6-may kuni Kuba poytaxti markazidagi "Saratoga" mehmonxonasida kuchli portlash yuz berdi. Oqibatda 22 kishi qurbon bo‘ldi, 64 kishi jarohatlandi. Bu haqda Kuba prezidenti ma’muriyati xabar berdi, deya yozadi RIA Novosti.
Portlash to‘lqini binoning beshinchi qavatigacha bo‘lgan fasadini vayron qilgan, qo‘shni binolarga zarar yetgan. Rasmiylar voqeani baxtsiz hodisa deb atagan.
“Juma kuni 64 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 14 nafari voyaga yetmaganlar. Orasida xorijliklar yo‘q. Ayni vaqtda 22 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur mehmonxonaning ochilish marosimi 10-may kuniga mo‘ljallangan bo‘lgan. Yaqin atrofdagi maktabdan o‘quvchilar evakuatsiya qilingan. Qurbonlar orasida xorijliklar yuq.
Yangiliklar lentasi
0