Gaz ta’minotiga oid murojaatlarni ko‘rib chiquvchi shtab tashkil etildi

© Pixabay / StroganovaPlita
Plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2022
Obuna bo‘lish
"Hududgazta’minot" fuqarolarning gaz uchun to‘lov yoki qarzdorlik bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiquvchi shtab ochdi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. “Hududgazta’minot” AJda tashkil etilgan markazlashtirilgan shtab tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblarni aniqlashtirish bilan bog‘liq murojaatlar bilan ishlaydi. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.
Shtabga 1104 yoki 71 281-15-67 (310) raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Bundan tashqari, telegramda "Hududgazta’minot AJ ishchi guruhiga murojaat" guruhi ishga tushirildi.
Shtabda o‘zaro hisob-kitoblarni real vaqtda tahlil qilish, to‘lovlarni va tabiiy gazni iste’mol qilish hajmlarini solishtirish, xatolarni topish va kamchiliklarni tuzatish imkoniyati yaratilgan.
Hozirda 10 nafar mutaxassis kun davomida fuqarolarning 100 dan ziyod murojaatlarini qabul qilmoqda. O‘tgan 10 kun davomida mingga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati iste’molchilar foydasiga hal etilgan.
Yangiliklar lentasi
0