Sport

Osiyo oʻyinlari nomaʼlum muddatga qoldirildi

© AFP 2022 / Arief BagusTseremoniya zakrыtiya Aziatskix igr 2018 v Indonezii
Tseremoniya zakrыtiya Aziatskix igr 2018 v Indonezii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Xanchjou-2022” Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari muddati kechiktirildi.
TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida 2022 yil sentyabr oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan XIX Osiyo va IV Paraosiyo oʻyinlari nomaʼlum muddatga qoldirildi. Bu haqda Osiyo olimpiya qoʻmitasi maʼlum qildi.
Osiyo oʻyinlarining qoldirilishiga sabab qilib, Xitoyda pandemiya bilan bogʻliq vaziyat jiddiylashgani koʻrsatilmoqda.
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarining yangi sanalari keyinroq eʼlon qilinadi.
2022 yilgi Osiyo oʻyinlari 10 sentyabrdan 25 sentyabrgacha boʻlib oʻtishi kerak edi. Paraosiyo oʻyinlari esa 9—15 oktyabr kunlariga belgilangan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yilgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida medalga ega chiqqan oʻzbekistonlik sportchilar 2 ming dollardan 5 ming dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Yangiliklar lentasi
0