https://sputniknews-uz.com/20220507/ozbekistonda-34-ta-madaniy-meros-obekti-qayta-tiklanadi-24413498.html
Oʻzbekistonda 34 ta madaniy meros obʼyekti qayta tiklanadi
Oʻzbekistonda 34 ta madaniy meros obʼyekti qayta tiklanadi
Oʻzbekiston hukumati 2022 yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obektlarining manzilli roʻyxati tasdiqladi.
2022-05-07T13:09+0500
2022-05-07T13:09+0500
2022-05-07T13:09+0500
madaniyat
turizm va madaniy meros vazirligi
madaniy boyliklar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/614/30/6143087_0:0:5184:2916_1920x0_80_0_0_0c38fbed0b3fc44765033f14a1cc3533.jpg
TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati 2022 yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obektlarining manzilli roʻyxati tasdiqladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu roʻyxatdan jami 34 ta madaniy meros obʼyekti oʻrin olgan va ularni taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 75 mlrd soʻm sarflanishi rejalashtirilgan. Bu mablagʻlar davlat byudjetidan ajratiladi.Joriy yilgi roʻyxatga koʻra, Bahodir Yalangtoʻshbiy madrasasi, Talipoch qalʼa qoldiqlari, “Ulugʻbek” madrasasi, Amir Olimxon madrasasi, Koʻk gumbaz, Oq Saroy, Islom Xoʻja yozgi qarorgohi, Chodra hovli kabi obʼyektlarda restavratsiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.Shuningdek, Buxoro “Ark” qoʻrgʻoni majmuasidagi Qushbegi, Saisxona, Salomxona, Taxtxona madaniy meros obʼyektlarida taʼmirlash tiklash ishlari olib boriladi. “Ark” qoʻrgʻoni majmuasi vayronalari qismida “Arxeologik park” tashkil qilinadi.Chorsu bozori rekonstruktsiyasi Madaniy meros agentligi nazoratida amalga oshiriladiBuxoro shahridagi “Masjidi Kalon” (Poi Kalon majmuasi) qulab tushgan qismlar va taʼmirtalab devorlarini taʼmirlash-qayta tiklash, atrofini obodonlashtirish ishlarini ham 2022 yilning IV choragida amalga oshirish rejalashtirilgan.Maʼlumot uchun, yaqinda madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan ishonch telefoni ishga tushirildi. Endi mamlakat fuqarolari va mehmonlari biror bir obidaga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar yoki ularga boʻlayotgan xavfni sezgan holatda, +(71) 200 01 18 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/614/30/6143087_278:0:4886:3456_1920x0_80_0_0_4e8c7fad1289cc1601e3acdb17dfa14e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
turizm va madaniy meros vazirligi, madaniy boyliklar
Oʻzbekistonda 34 ta madaniy meros obʼyekti qayta tiklanadi
34 ta madaniy meros obʼyektini taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 75 mlrd soʻm sarflanishi rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati 2022 yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obektlarining manzilli roʻyxati tasdiqladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati
xabar berdi. Ushbu roʻyxatdan jami 34 ta madaniy meros obʼyekti oʻrin olgan va ularni taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 75 mlrd soʻm sarflanishi rejalashtirilgan. Bu mablagʻlar davlat byudjetidan ajratiladi.
Joriy yilgi roʻyxatga koʻra, Bahodir Yalangtoʻshbiy madrasasi, Talipoch qalʼa qoldiqlari, “Ulugʻbek” madrasasi, Amir Olimxon madrasasi, Koʻk gumbaz, Oq Saroy, Islom Xoʻja yozgi qarorgohi, Chodra hovli kabi obʼyektlarda restavratsiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Buxoro “Ark” qoʻrgʻoni majmuasidagi Qushbegi, Saisxona, Salomxona, Taxtxona madaniy meros obʼyektlarida taʼmirlash tiklash ishlari olib boriladi. “Ark” qoʻrgʻoni majmuasi vayronalari qismida “Arxeologik park” tashkil qilinadi.
Buxoro shahridagi “Masjidi Kalon” (Poi Kalon majmuasi) qulab tushgan qismlar va taʼmirtalab devorlarini taʼmirlash-qayta tiklash, atrofini obodonlashtirish ishlarini ham 2022 yilning IV choragida amalga oshirish rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, yaqinda madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan ishonch telefoni ishga tushirildi. Endi mamlakat fuqarolari va mehmonlari biror bir obidaga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar yoki ularga boʻlayotgan xavfni sezgan holatda, +(71) 200 01 18 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.