https://sputniknews-uz.com/20220507/rossiya-universiteti-ozbekiston-maktablari-uchun-rus-tili-darsliklarini-tayyorladi-24413674.html
Rossiya universiteti Oʻzbekiston maktablari uchun rus tili darsliklarini tayyorladi
Rossiya universiteti Oʻzbekiston maktablari uchun rus tili darsliklarini tayyorladi
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistondagi taʼlim muassasalarida rus tilini targʻib qilish va oʻrganish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirildi. 07.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-07T13:30+0500
2022-05-07T13:30+0500
2022-05-07T13:30+0500
jamiyat
rus tili
a.i.gertsen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu)
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1c/24265434_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_63fe864339474c581de799b5b64f779b.jpg
TOSHKENT, 7 may — Sputnik. A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti (RDPU) Oʻzbekiston maktablarining milliy sinflari uchun rus tili darsliklarini tayyorladi. Bu haqda RIA Novosti Respublika taʼlim markazi matbuot kotibi Mohira Nurullayevaga tayangan holda xabar berdi.“Milliy sinflar uchun Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda 2-11-sinf oʻquvchilariga moʻljallangan rus tili darsliklari tayyorlandi”, - degan Nurullayeva onlayn brifingda.Uning aniqlik kiritishicha, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi va Rossiya oliy oʻquv yurti oʻrtasidagi hamkorlik doirasida mutaxassislar tomonidan respublika maktablarining milliy sinflaridagi rus tili oʻqituvchilari uchun 20 nomga yaqin adabiyot va qoʻllanmalar ishlab chiqilib, tayyorlangan.Shuningdek, 6-10-sinflar uchun adabiyot darsligiga oʻzbek adabiyoti (40 foiz), rus (40 foiz) va jahon mumtoz adabiyoti (20 foiz) namoyondalari kiritilgan.Samarqandda Rossiya taʼlim markazi ochildiMaʼlumot uchun, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda taʼlim muassasalarida rus tilini targʻib qilish va oʻrganish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirildi.Xususan, 2020 yil oktyabr oyida Rossiya Taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi va rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonovning “Sanʼat, fan, sport” xayriya fondi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda rus tilini bilish darajasini oshirish maqsadida “Klass!” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolangan. Loyiha 10 yilga moʻljallangan. Dasturni amalga oshirishda Rossiyaning Gertsen nomidagi Rus tili instituti va Oʻzbekiston oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish Instituti ishtirok etadi.Loyiha doirasida 2021 yil sentyabr oyidan buyon Oʻzbekistondagi 150 nafar oʻqituvchi va bir necha oʻnlab metodistlar taʼlim muassasalariga yuborildi.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1c/24265434_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_ca317db1b5a0791e44f05df5be4f1fe6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rus tili, a.i.gertsen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu), oʻzbekiston
Rossiya universiteti Oʻzbekiston maktablari uchun rus tili darsliklarini tayyorladi
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistondagi taʼlim muassasalarida rus tilini targʻib qilish va oʻrganish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirildi.
TOSHKENT, 7 may — Sputnik. A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti (RDPU) Oʻzbekiston maktablarining milliy sinflari uchun rus tili darsliklarini tayyorladi. Bu haqda RIA Novosti Respublika taʼlim markazi matbuot kotibi Mohira Nurullayevaga tayangan holda
xabar berdi. “Milliy sinflar uchun Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda 2-11-sinf oʻquvchilariga moʻljallangan rus tili darsliklari tayyorlandi”, - degan Nurullayeva onlayn brifingda.
Uning aniqlik kiritishicha, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi va Rossiya oliy oʻquv yurti oʻrtasidagi hamkorlik doirasida mutaxassislar tomonidan respublika maktablarining milliy sinflaridagi rus tili oʻqituvchilari uchun 20 nomga yaqin adabiyot va qoʻllanmalar ishlab chiqilib, tayyorlangan.
Shuningdek, 6-10-sinflar uchun adabiyot darsligiga oʻzbek adabiyoti (40 foiz), rus (40 foiz) va jahon mumtoz adabiyoti (20 foiz) namoyondalari kiritilgan.
Maʼlumot uchun, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda taʼlim muassasalarida rus tilini targʻib qilish va oʻrganish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirildi.
Xususan, 2020 yil oktyabr oyida Rossiya Taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi va rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonovning “Sanʼat, fan, sport” xayriya fondi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda rus tilini bilish darajasini oshirish maqsadida “Klass!” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolangan. Loyiha 10 yilga
moʻljallangan. Dasturni amalga oshirishda Rossiyaning Gertsen nomidagi Rus tili instituti va Oʻzbekiston oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish Instituti ishtirok etadi.
Loyiha doirasida 2021 yil sentyabr oyidan buyon Oʻzbekistondagi 150 nafar oʻqituvchi va bir necha oʻnlab metodistlar taʼlim muassasalariga yuborildi.