TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Ukraina atrofidagi inqirozning davom etishi butun Yevropaning iqtisodiy barbod boʻlishiga olib keladi. Bu haqda Bolgariya prezidenti Rumen Radev maʼlum qildi.Radev yaqinda Ukrainaga harbiy yordam yuborishni maʼqullagan Bolgariya parlamentini tanqid qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, Bolgariyani mojaroga jalb etish “xavfli qadamdir”. Bolgariya prezidenti bunga oʻxshash koʻmak xatarlarga sabab boʻlishini taʼkidladi.Braziliyaning sobiq prezidenti Ukrainadagi vaziyatda AQSH va YEI aybdor deb hisoblaydi
Bolgariya prezidenti Radev: Ukraina inqirozi choʻzilishi Yevropaning oʻzidan oʻzi yoʻq boʻlishiga olib keladi.
TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Ukraina atrofidagi inqirozning davom etishi butun Yevropaning iqtisodiy barbod boʻlishiga olib keladi. Bu haqda Bolgariya prezidenti Rumen Radev maʼlum qildi.
“Bu Yevropaning iqtisodiy oʻz oʻzidan yoʻq boʻlib ketishini anglatadi. Va biz bu yoʻnalish sari boryapmiz”, - dedi Bolgariya yetakchisi NTV telekanali efirida.
Radev yaqinda Ukrainaga harbiy yordam yuborishni maʼqullagan Bolgariya parlamentini tanqid qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, Bolgariyani mojaroga jalb etish “xavfli qadamdir”. Bolgariya prezidenti bunga oʻxshash koʻmak xatarlarga sabab boʻlishini taʼkidladi.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq boʻldi.