“Dog biatlon” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi – foto, video

© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi“Dog biatlon” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
“Dog biatlon” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna bo‘lish
9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan mazkur musobaqada Mudofaa vazirligi jamoasi mutlaq g‘olib bo‘ldi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Dog biatlon” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Dog biatlon” musobaqasining so‘nggi hal qiluvchi bosqichi — “Dog biatlon estafeta” bellashuvlarida ishtirokchilar 1600 metr masofada jamoa bo‘lib, estafeta shartlarini bajarishdi.
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi “Dog biatlon” musobaqasi
 “Dog biatlon” musobaqasi - Sputnik O‘zbekiston
1/3
“Dog biatlon” musobaqasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi “Dog biatlon” musobaqasi
 “Dog biatlon” musobaqasi - Sputnik O‘zbekiston
2/3
“Dog biatlon” musobaqasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi “Dog biatlon” musobaqasi
 “Dog biatlon” musobaqasi - Sputnik O‘zbekiston
3/3
“Dog biatlon” musobaqasi
1/3
“Dog biatlon” musobaqasi
2/3
“Dog biatlon” musobaqasi
3/3
“Dog biatlon” musobaqasi
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mudofaa vazirligining erkaklar va ayollar jamoalari mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, o‘tgan yilgi natijasini takrorlashdi. 2-o‘rinni IIV jamoasi egalladi. 3-o‘rin esa Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizimati, IIV Qorovul qo‘shinlari, DXX "Burgut-1" jamoalariga nasib qildi.
Shuningdek, musobaqada “Dog biatloni yakka tartibda yugurish”, “300 metrli to‘siqlardan xizmat itlari bilan o‘tish”, “G‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasi uchun”, “Dog biatloni 3200 metr masofaga yakka tartibda yugurish”, “Dog biatlon estafetasi” kabi qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. Barcha nominatsiyalarning faxrli o‘rinlarini Mudofaa vazirligi vakillari qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning yopilish marosimida mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov so‘zga chiqib, mamlakatda harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash uchun ham yetarli shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kiladi. Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlarini qutlab, kelgusi xizmatlari faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so‘ng g‘oliblarga diplom, kubok va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi
“Dog biatlon” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi
“Dog biatlon” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi
“Dog biatlon” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Yangiliklar lentasi
0