Jamiyat

Hisor qoʻriqxonasida noyob qor qoploni fotoqopqonga tushdi – video

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtish150-letniy yubiley Moskovskogo zooparka
150-letniy yubiley Moskovskogo zooparka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qoʻriqxonada oʻrnatilgan yashirin fotoqopqonlarga yana bir bosh qor qoploni muhrlangan.
TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Qashqadaryo viloyatidagi Hisor davlat qoʻriqxonasiga oʻrnatilgan fotoqopqonga yana noyob qor qoploni “ilindi”. Bu haqda qoʻriqxona maʼmuriyati xabar berdi.
Qor qoploni – Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va Oʻzbekiston qizil kitobiga kiritilgan dunyo miqyosidagi noyob tur hisoblanadi.
Shuningdek, u SITES - yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi Konventsiya roʻyxatiga kiritilgan. Qor qoplonini ovlash qatʼiyan taqiqlangan.
Qor qoploni Oʻzbekistondan tashqari Xitoy, Nepal, Qirgʻiziston, Mongoliya, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Qozogʻiston, Hindiston, Afgʻoniston va Butan kabi davlatlar hududida uchraydi.
Mushuksimonlar oilasiga mansub bu noyob jonivorni mamlakatda muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Hisor davlat qoʻriqxonasida qor qoplonining erkin yashash tarzi va koʻpayishi uchun doimiy muhofaza choralari amalga oshirib kelinadi.
Yangiliklar lentasi
0