Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Kimlarga pishloq yeyish mumkin emas

Sыr s dыrkami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yuqori qon bosimi, buyrak kasalliklari va migrenda koʻp pishloq isteʼmol qilmagan maʼqul.
Shifokor-parhezshunos, tibbiyot fanlari doktori Margarita Korolyova “Moskva 24” kanaliga qaysi kasalliklarda pishloq isteʼmol qilmaslik kerakligini maʼlum qildi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, yuqori qon bosimida koʻp pishloq yeyish qatʼiyan man etiladi.
“Pishloq tarkibida tuz koʻp. Bu har doim suyuqlikni ushlab turish, qon aylanmasi hajmining oshishi degani. Va bu qon tomir devorining holatiga va qon bosimi darajasiga taʼsir qiladi”, - deydi Korolyova.
Bundan tashqari, buyrak kasalliklarida pishloq bilan ehtiyot boʻlish kerak. Parhezshunosning taʼkidlashicha, pishloqning suyuqlikni tanada ushlab turishi siydik tizimida muammolarga olib keladi.
“Baʼzida migrenga chalingan odamlar uchun pishloq butkul man etiladi. Pishloqda ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi gistaminga oʻxshash komponentlar boʻlishi mumkin”, - qoʻshimcha qiladi shifokor.
Mutaxassisning taʼqidlashicha, pishloq isteʼmol qilishga qarshi boʻlmagan holatlarda ham uni har kuni isteʼmol qilish mumkin emas. Tavsiyalarga koʻra, bir haftada 3-4 marotaba pishloq isteʼmol qilish meʼyor hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0