Hodisalar

Termizdagi “Alpomish” kurash majmuasining tomi qulab tushdi - video

© Videodan kadr"Alpomish" kurash majmuasining tomi qulab tushdi
Alpomish kurash majmuasining tomi qulab tushdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qurilish vazirligining maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida kurash zali tomining yarmi — taxminan -1700 m. kv. buzilib, yerga qulab tushgan.
TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda 5 may kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi "Alpomish" kurash majmuasi binosining tomi qulab tushgani haqida xabar tarqaldi. Qurilish vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, sodir boʻlgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyat tufayli hozirgi vaqtda kurash zali tomining yarmi — taxminan -1700 m. kv. buzilib, yerga qulab tushgan. Uning umumiy maydoni -2800 m. kvga teng. Buzilgan tom qismi yaroqsiz holatga kelgan.
Kurash majmuasi xodimlari sogʻligʻiga hech qanday zarar yetmagan.
“Alpomish” kurash zalining tom qismi murakkab konstruktiv yechimli boʻlib, "Kislovodsk" turidagi fazoviy metall konstruktsiyalardan foydanilgan. Bino 1999 yilda qurilgan.
Yangiliklar lentasi
0