Dunyoda

Tojikistonda chegarachilar toʻliq jangovar shay holatiga keltirildi

© AP Photo / BURT HERMANTadjiksko-afganskaya granitsa
Tadjiksko-afganskaya granitsa  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bunga Afgʻoniston bilan chegarada “Tolibon”* va “Islom davlati”** oʻrtasidagi toʻqnashuv sabab boʻlgan.
TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Tojikistonda chegara qoʻshinlari boʻlinmalari Afgʻoniston bilan chegaradagi hodisa sabab toʻliq jangovar shay holatiga keltirildi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara qoʻshinlari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 7 may kuni Afgʻonistonning Taxor viloyatidagi Hojagʻar hududida, 12-sonli Tojikiston chegara zastavasi roʻparasida “Tolibon”* radikal harakati va “Islom davlati”** terrorchilik guruhi oʻrtasida toʻqnashuv yuz bergan. Toʻqnashuvlar bir yarim soat davom etgan. Toʻqnashuv boʻlib oʻtgan yer Tojikiston davlat chegarasiga yaqin.
Xabarda yozilishicha, jang natijasida oʻqlar Tojikiston hududiga ham uchib oʻtgan. Tojikiston tomonidan qurbonlar va moddiy zarar qayd etilmagan.
“Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara qoʻshinlari boʻlinmalari toʻliq jangovar shay holatiga keltirildi. Tojikiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari davlat chegarasini ishonchli himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar va salohiyatga ega”, - deyilgan xabarda.
Qoʻmita tojik-afgʻon chegarasidagi vaziyat barqaror deb baholanayotgani va u tojikistonlik chegarachilar nazorati ostida ekanini qoʻshimcha qilgan.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
** Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0