Jamiyat

Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gʻalaba bogʻida harbiy orkestr ijrosida “Xotirlash kuyi” yangradi. Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.
TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Harbiy orkestr ijrosida “Xotirlash kuyi” yangradi. Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2022
Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Bogʻda Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham jam boʻldi. Prezident ular bilan suhbatda mamlakat xalqiga tabriklarini yoʻlladi.
“Bugun ushbu Gʻalaba bogʻida turib, muhtaram faxriylarimizni, butun xalqimizni qutlugʻ ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bunday damlarda qahramon ota-bobolarimiz xotirasini yodga olib, ularning jasorati oldida taʼzim qilamiz. Ularning tinchlik va ozodlikka bagʻishlagan serqirra hayot yoʻli kelgusi avlodlar uchun oʻtda yonmaydigan, suvda choʻkmaydigan buyuk merosdir”, – dedi davlat rahbari.
Vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham majmua poyiga gullar qoʻydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2022
Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Bu majmua Ikkinchi jahon urushida besh oʻgʻlidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bagʻishlab barpo etilgan. U oʻzbek xalqining urushdagi yoʻqotishlari, tinchlik uchun kurashi timsoli sifatida bogʻ markazidan oʻrin olgan. Shu maʼnoda “Matonat madhiyasi” urushda oʻz bolasidan, oʻz yoridan judo boʻlgan barcha onalar, barcha ayollar sharafiga oʻrnatilgan muazzam obidadir.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2022
Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti".
Yangiliklar lentasi
0