Siyosat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari bir-birlarini Gʻalaba kuni bilan muborakbod etishdi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta KazaxstanaTokayev obsudil s Mirziyoyevыm torgovыe svyazi v svete obostreniya geopoliticheskoy situatsii
Tokayev obsudil s Mirziyoyevыm torgovыe svyazi v svete obostreniya geopoliticheskoy situatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston rahbari Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali suhbatlashdi.
TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni qozogʻistonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Suhbat avvalida davlat rahbarlari bir-birini, mamlakatlarimizning birodar xalqlari va faxriylarini Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalaba kuni bilan samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, baxt-saodat va farovonlik, tinchlik va ravnaq tiladilar”, - deyiladi Oʻzbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabarida.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqilgan. Oʻzaro savdo va investitsiyalar koʻrsatkichlari izchil oshib borayotgani, parlamentlar, hukumatlar va hududlar oʻrtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, infratuzilma va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Putin Mirziyoyevga Gʻalabaning 77 yilligi munosabati tabrik yoʻlladi
Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, boʻlajak oliy darajadagi ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.
Yangiliklar lentasi
0