https://oz.sputniknews-uz.com/20220509/prezident-olmazorda-istiqomat-qiluvchi-urush-qatnashchisi-xonadonida-boldi--video-24440998.html
Prezident Olmazorda istiqomat qiluvchi urush qatnashchisi xonadonida boʻldi – video
Prezident Olmazorda istiqomat qiluvchi urush qatnashchisi xonadonida boʻldi – video
Davlat rahbari Abbos ota Appanovga vatan tinchligi yoʻlidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. 09.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-09T11:19+0500
2022-05-09T11:19+0500
2022-05-09T15:05+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
9 may - gʻalaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/09/24445060_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_e9ecbcf70be364bbe1e9e512b65511d3.jpg
TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanining "Achaobod" mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Abbos ota Appanov xonadonida boʻlib, uni bayram bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.Davlat rahbari Abbos ota Appanovga vatan tinchligi yoʻlidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.Abbos ota urushdan avval maktabda oʻzbek tili va adabiyotidan dars bergan. 1942 yilda Smolenskka chaqirilgan, Belarusni ozod qilishda ishtirok etgan, soʻng Polsha va Berlingacha borgan. Boboning xotirlashicha, 2 may kuni kunning ikkinchi yarmida Reyxstagga gʻalaba bayrogʻi ilingan. Abbos Appanov 4-sinfdan nemis tiliga qiziqqani va 1 yil Germaniyada yashagani uchun tilni chuqur oʻrganadi va 1946 yilda Oʻzbekistonga qaytgach, 50 yil davomida 139-maktab va 111-maktablarda boshlangʻich va yuqori sinf oʻquvchilariga “Nemis va ingliz tili” fanidan dars beradi.Mamlakatda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik koʻrsatgan faxriylarga alohida eʼtibor va ehtirom koʻrsatiladi.Davlat 2022 yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 15 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofotini berishni belgilagan.Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda bugungi kunda 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironi qolgan.
https://oz.sputniknews-uz.com/20220509/ozbekistonning-fashizm-ustidan-galaba-qozonishda-qoshgan-hissasi-24439642.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/09/24445060_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_58a1b65f7eba2685d79333bf1020b837.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, 9 may - gʻalaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
Prezident Olmazorda istiqomat qiluvchi urush qatnashchisi xonadonida boʻldi – video
11:19 09.05.2022 (yangilandi: 15:05 09.05.2022) Davlat rahbari Abbos ota Appanovga vatan tinchligi yoʻlidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanining "Achaobod" mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Abbos ota Appanov xonadonida boʻlib, uni bayram bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi
xabar berdi. Davlat rahbari Abbos ota Appanovga vatan tinchligi yoʻlidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Abbos ota urushdan avval maktabda oʻzbek tili va adabiyotidan dars bergan. 1942 yilda Smolenskka chaqirilgan, Belarusni ozod qilishda ishtirok etgan, soʻng Polsha va Berlingacha borgan. Boboning xotirlashicha, 2 may kuni kunning ikkinchi yarmida Reyxstagga gʻalaba bayrogʻi ilingan. Abbos Appanov 4-sinfdan nemis tiliga qiziqqani va 1 yil Germaniyada yashagani uchun tilni chuqur oʻrganadi va 1946 yilda Oʻzbekistonga qaytgach, 50 yil davomida 139-maktab va 111-maktablarda boshlangʻich va yuqori sinf oʻquvchilariga “Nemis va ingliz tili” fanidan
dars beradi.“Butun umringizni xalqimizning, farzandlarimizni tarbiya qilishga bagʻishlagansiz… Sogʻ-salomat boʻlib, qilgan niyatlaringiz amalga oshib, farzandlaringiz, nabiralaringiz kamolini koʻrib yuring doim”, — deya tabrikladi uni Mirziyoyev.
Mamlakatda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik koʻrsatgan faxriylarga alohida eʼtibor va ehtirom koʻrsatiladi.
Davlat 2022 yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 15 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofotini berishni belgilagan.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda bugungi kunda 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironi qolgan.