Jamiyat

Prezident Toshkentdagi “Uch avlod bogʻi”ni borib koʻrdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Park trex pokoleniy, sozdannыy v Yashnabadskom rayone goroda Tashkenta.
Shavkat Mirziyoyev posetil Park trex pokoleniy, sozdannыy v Yashnabadskom rayone goroda Tashkenta. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Mirziyoyev: Shunday zamon kelayaptiki, mahalla haqiqiy kuch boʻlayapti. Masala hal boʻlayotganini xalqimiz sezayapti.
TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumanida barpo etilgan “Uch avlod bogʻi”ni borib koʻrdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, mahallalardagi maʼnaviy muhitni yaxshilash, yoshlarni ezgu ishlarga undashda nuroniylarning katta hayot tajribasi muhim. Shu maqsadda mahallalarda, taʼlim muassasalarida keksa va oʻrta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvlari” oʻtkazilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Park trex pokoleniy, sozdannыy v Yashnabadskom rayone goroda Tashkenta.
Shavkat Mirziyoyev posetil Park trex pokoleniy, sozdannыy v Yashnabadskom rayone goroda Tashkenta. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2022
Shavkat Mirziyoyev posetil Park trex pokoleniy, sozdannыy v Yashnabadskom rayone goroda Tashkenta.
Ushbu yangi bogʻ ham shu maqsadga xizmat qiladi. Ilgari bu joy qarovsiz, yoʻllari notekis edi. Endi Alimkent koʻchasi taʼmirlanib, atrofi obodonlashtirildi. Daraxt va gullar ekildi, issiqxona va ishkomlar barpo etildi. Oʻrindiqlar, piyoda va velosiped yoʻlaklari aholining hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda mamlakatda 3 milliondan ortiq nuroniylar bor. Ular har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib, sogʻligʻiga eʼtibor qaratilmoqda. 28 mingga yaqin nuroniylar sanatoriylarda sogʻlomlashtirildi, 450 ming nafari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Barcha hududlarda Nuroniylar kengashlari va mahallalarda keksalar ishlari boʻyicha maslahatchi lavozimlari tashkil qilindi. “Faxriy murabbiy” ordeni taʼsis etildi. 3 ming 500 nafardan ziyod fuqarolar“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Park trex pokoleniy, sozdannыy v Yashnabadskom rayone goroda Tashkenta.
Shavkat Mirziyoyev posetil Park trex pokoleniy, sozdannыy v Yashnabadskom rayone goroda Tashkenta. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2022
Shavkat Mirziyoyev posetil Park trex pokoleniy, sozdannыy v Yashnabadskom rayone goroda Tashkenta.
“Shunday zamon kelayaptiki, mahalla haqiqiy kuch boʻlayapti. Masala hal boʻlayotganini xalqimiz sezayapti. Hamma joyga nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar boʻyicha vakil qoʻydik. Endi mahalla raisining “uchta ustuni” bor”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident farmoniga muvofiq, bayram arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 15 million soʻmdan bir martalik pul mukofoti va sovgʻalar topshirildi. Tuman va shahar hokimlari front ortida mehnat qilgan 10 ming nafar faxriylar bilan shaxsan uchrashib, holidan xabar oldi.
Yangiliklar lentasi
0