Xorijiy davlat rahbarlari Mirziyoyevni G‘alabaning 77-yilligi bilan tabriklashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2022
Obuna bo‘lish
Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining buyuk G‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etganlar.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 77-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar rahbarlari va taniqli siyosiy arboblaridan, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining buyuk G‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etganlar.
“Tabriknomalarda bugungi erkin va tinch hayotimiz yo‘lida jang maydonida chinakam qahramonlik, mislsiz jasorat va matonat ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga chuqur hurmat-ehtirom va minnatdorlik bildirilgan”, - deyilgna xabarda.
O‘zbekiston prezidenti va xalqiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, farovonlik, mamlakatimizga barqaror taraqqiyot va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Mirziyoyevga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z tabriklarini yo‘llashgan.
Bundan tashqari, Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedevdan qutlovlar kelgan.
Vklad Uzbekistana v pobedu nad fashizmom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2022
O‘zbekistonning fashizm ustidan g‘alaba qozonishda qo‘shgan hissasi
Yangiliklar lentasi
0