https://oz.sputniknews-uz.com/20220510/fargonada-ilk-bor-murakkab-jarrohlik-amaliyoti-otkazildi-24457907.html
Fargʻonada ilk bor murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Fargʻonada ilk bor murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Fargʻonada ilk bor ateroskleroz kasalligiga chalingan ikki nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
2022-05-10T12:40+0500
2022-05-10T12:40+0500
2022-05-10T12:40+0500
jamiyat
fargʻona viloyati
sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/17/19376459_0:0:3295:1853_1920x0_80_0_0_455f3ea96ae0580b96e8358ff1806206.jpg
TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Fargʻonada ilk bor ateroskleroz kasalligiga chalingan ikki nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.SSVga koʻra, bemorlardan biri yigirma besh yil yuqori qon bosimidan aziyat chekib kelgan. Ayniqsa, oxirgi yillar kuchli bosh ogʻrigʻi, hushdan ketish, qoʻl-oyoqlarda holsizlik, nutq chalkashishi, koʻrish qobiliyatining sustlashishi kabi asoratlar bemorni ancha holdan toydirdirgan. Shu yil oʻtkazilgan tomografiya tekshiruvlaridan soʻng unda ateroskleroz kasalligi aniqlanib, bosh miya qon tomirlari toʻsilib qolgani maʼlum boʻlgan.Yana bir bemorning tibbiy tekshiruvlardan keyin uning uyqu arteriyalarini ateroskelerozdan tozalash kerakligi aniqlangan.Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filiali kardiojarrohi Hondamir Mamadaliyevning aytishicha, uyqu arteriyasini ateroskelerozdan tozalash — anchagina murakkab muolaja. Buning uchun bemorning boʻyin qismi jarrohlik yoʻli bilan ochilib, bosh miyaga ketgan arterial qon tomirlari xolesterindan tozalanadi. Bunday murakkab operatsiya Fargʻonada ilk bor oʻtkazildi.Operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi.
fargʻona viloyati
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/17/19376459_69:0:2798:2047_1920x0_80_0_0_cfb4c9cab9b4153f9bfb3591e13ff1ff.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
fargʻona viloyati, sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv)
Fargʻonada ilk bor murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Fargʻonada ateroskleroz kasalligiga chalingan ikki nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Fargʻonada ilk bor ateroskleroz kasalligiga chalingan ikki nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
SSVga koʻra, bemorlardan biri yigirma besh yil yuqori qon bosimidan aziyat chekib kelgan. Ayniqsa, oxirgi yillar kuchli bosh ogʻrigʻi, hushdan ketish, qoʻl-oyoqlarda holsizlik, nutq chalkashishi, koʻrish qobiliyatining sustlashishi kabi asoratlar bemorni ancha holdan toydirdirgan. Shu yil oʻtkazilgan tomografiya tekshiruvlaridan soʻng unda ateroskleroz kasalligi aniqlanib, bosh miya qon tomirlari toʻsilib qolgani maʼlum boʻlgan.
Yana bir bemorning tibbiy tekshiruvlardan keyin uning uyqu arteriyalarini ateroskelerozdan tozalash kerakligi aniqlangan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filiali kardiojarrohi Hondamir Mamadaliyevning aytishicha, uyqu arteriyasini ateroskelerozdan tozalash — anchagina murakkab muolaja. Buning uchun bemorning boʻyin qismi jarrohlik yoʻli bilan ochilib, bosh miyaga ketgan arterial qon tomirlari xolesterindan tozalanadi. Bunday murakkab operatsiya Fargʻonada ilk bor oʻtkazildi.
Operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi.