Jamiyat

Oʻzbekiston eng koʻp limonni yana Rossiyaga eksport qildi

© Sputnik / Maks Vetrov / Fotobankka oʻtishSbor limonov v Krыmu
Sbor limonov v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Oʻzbekistondan 898 tonna limon sotib oldi va oʻzbek limonlarining asosiy xaridoriga aylandi.
TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Oʻzbekiston yanvar-mart oylarida Rossiyaga 898 tonna limon eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Oʻzbekiston yanvar-mart oylarida 6 ta xorijiy davlatga 1,6 ming tonna limon eksport qildi. Ularning qiymati 1,7 mln dollarga teng.
Rossiya bu safar eng koʻp limon xarid qildi va boshqa davlatlar ichida yetakchi boʻldi. Keyingi oʻrinni Qozogʻiston (433 tonna) va Qirgʻiziston (246 tonna) egalladi.
Xorijga eng koʻp limonni Fargʻona viloyati eksport (594 tonna) qildi. Toshkent viloyati – 334 tonna, Xorazm viloyati – 226 tonna, Surxondaryo viloyati – 147 tonna.
Aytilishicha, limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 50 tonnaga kamaydi.
Eslatib oʻtamiz, yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston limonlarini xarid qilishda ham Rossiya yetakchi boʻlgandi. Ikki oy davomida u yerga 715 tonna limon eksport qilindi.
Yangiliklar lentasi
0