O‘zbekistonlik qizlar nano yo‘ldoshni stratosferaga uchirishdi

© YuNISEFUzbekskie devushki zapustili svoy nanosputnik v stratosferu
Uzbekskie devushki zapustili svoy nanosputnik v stratosferu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2022
Obuna bo‘lish
Navoyida 20 dan ortiq qizlar stratosferaga o‘zlari yasagan ultra zamonaviy nano yo‘ldoshni uchirishdi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekistonning turli hududlarida yashovchi 20 dan ortiq qizlar stratosferaga o‘zlari yasagan ultra zamonaviy nano yo‘ldoshni uchirdilar. Bu haqda UNICEF xabar berdi.
Navoiy nano yo‘ldoshni uchirish maydoni etib tanlandi. Bunga viloyatning mos landshafti, undagi ko‘plab innovatsion va texnologik loyihalar amalga oshirilayotgani sabab bo‘ldi.
Aytilishicha, uchirish joyi ustida samolyotlar parvozi uchun osmonni "yopish" talab etiladi. Shu maqsadda jarayonni aeronavigatsiya xizmatlari mutaxassislari nazorat qilib bordi.
Nanoyo‘ldosh stratosferada taxminan 2 soat bo‘ldi va 11,6 km balandlikka ko‘tarildi.
Jarayonda ishtirok etgan qizlar UniSat ta’lim (Uni-UNICEF, Sat - sun’iy yo‘ldosh) dasturi ishtirokchilari hisoblanadi.
Bundan avval 15-26 yoshdagi 188 nafar o‘zbekistonlik qiz kodlash, muhandislik va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha 4 oylik onlayn kursda o‘qitildi.
Ular orasidan 20 nafar qiz eng yaxshi akademik natijalarga erishdi va Almati shahrida Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi tengdoshlari bilan 10 kunlik amaliy seminarda qatnashdi. U yerda nanoyo‘ldoshni yig‘ish, uchirish va olingan ma’lumotlarni tahlil qilish o‘rgatildi.
Yangiliklar lentasi
0