Jamiyat

Qozonni teshgan oʻq, frontdagi beboshliklar – urush qatnashchisi xotiralari

© Ramiz BaxtiyarovVeteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov
Veteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
XX asrning eng murakkab sinovi- Ikkinchi Jahon urushi- millionlab insonlarni yetim qoldirdi, oʻn millionlab taqdirlarni barbod qildi. Ammo frontga shoshilgan yosh yigitlar uchun bu dahshatli sarguzashtdek kechgan.
Urush boʻlayotgan vaqtda Chingiz Zalyalyutdinov atigi 16 yoshda edi. Dahshatli xabarni u togʻlarda, Chust viloyatida taʼtilga chiqqanida eshitdi. Yigit bir yilcha mahalliy toʻqimachilik korxonasida tokar boʻlib ishlagan. Fashist Germaniyasining hujumi haqida bilgandan soʻng, nima boʻlmasin, urushga borishga qaror qildi.

“Toshkentga kelganda birinchi qilgan ishim doʻstim Fridka Morozov bilan harbiy komissariatga borish boʻldi. Bizni urushga joʻnatishlarini talab qilib komissariat qabulxonasida tunab qolganmiz. Militsiya ikkalamizni ham uyga olib borib qoʻydi. Men urushga borishga ulgurmayman deb qoʻrqqandim”.

Doʻstim mendan kattaroq edi, uni chaqirishdi. Men esa Toshkentdagi pulemyot-minomyot bilim yurtiga oʻqishga kirdim. Kichik leytenant unvonini oldim va pulemyot vzvod komandiri boʻldim”, - deb eslaydi Chingiz Zalyalyutdinov.

“Eh, bolam, hali uzoq yashar ekansan. Qoʻrqma”

U frontga faqat 1943 yilda 104-gvardiya polki tarkibida keldi. Uning boʻlinmasi Ukrainaning Kirovograd viloyatiga koʻchirishdi.
“Loy shunaqangi koʻp ediki, hatto tanklar yurishga qiynalardi. Ikki gʻildirakli “Maksim” ogʻir pulemyotlarimiz loy ichida suzib yurardi. Men ularni qoʻlda olib yurishga yordam berdim. Vzvod komandiri sifatidagi vazifam - pulemyotlarni botqoqdan olib chiqish, ularni tozalash va jangni davom ettirish uchun quruqroq joy topish edi. Bu qurol dushmanning katta guruhlariga oʻt ochish uchun ham eng yaxshisi edi. Pulemyotlarimizga qarshi nemislarning hech qanday imkoniyati yoʻq edi. Biz xuddi Chapayevning “Anka”siga oʻxshab, fashistlarni yer tishlatardik”, - deydi urush qatnashchisi.
© Ramiz BaxtiyarovVeteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov
Veteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2022
Veteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov
Yosh askarning frontdagi ilk lahzalari uning uchun dahshatli yakun topishi mumkin edi. Chingiz Kabirovichning taʼkidlaganidek, oʻsha vaziyatda u oʻzini ahmoqona tutgan va yashab qolishga yana bir imkon bergani uchun taqdirdan minnatdor boʻlishi kerak. U tushlik tarqatilayotgan okopga tushdi. Endigina kelgan yangi harbiyning hali oʻz qozoni, qoshigʻi yoʻq, shuning uchun otasi tengi brigadir ovqatlanib boʻlgan askarlardan birining qozonini olib, unga berdi.
“Ovqat suyuq, qoshiq esa yoʻq. Starshina “qozonning chetidan ich” dedi. Iloj qancha. Shoʻrvani ichish uchun turib okopdan boshimni chiqardim va... shu payt bir oʻq uchib kelib qozonni teshdi. Askarlar buni koʻrib toshdek qotib qoldi. Starshina esa meni bagʻriga bosib: “Eh, bolam, hali uzoq yashar ekansan. Qoʻrqma” deb yigʻlab yubordi”, - xotirlaydi Zalyalyutdinov.
Qahramonimizning aytishicha, oʻsha payti u va uning xizmatdoshlari hali juda yosh boʻlgani uchun urushning bor xavf-xatarini anglab yetmagan. Hech narsadan qoʻrqmay, urush qilishga oshiqqan. Ularning oilasi yoʻq, shu sababli oʻz hayoti uchun qoʻrquv hissi ham boʻlmagan.
Front qatnashchisi harbiy maktab bitiruvchilari bilan poyezdda sayohat qilganliklari haqidagi voqeani yaxshi xotirlaydi. Bir manzilda poyezd sekinlashdi. Atrofda hammasi tikanli sim bilan oʻralgan va “EHTIYOT BOʻLING, MINALAR” degan yozuv bor. Uzoqroqda, okop ichida pulemyot yotibdi.
“Pulemyotchi yigitlar shunda jim oʻtiradi deb oʻylaysizmi? Bir yigit poyezddan sakrab tushib, tashlab ketilgan qurolni olish uchun yugurib ketdi. Qurolni olib, qaytayotganda, minaga tutashib ketdi. Ikkita oyogʻidan ajraldi. Mana yoshligimiz, beboshligimiz qanday oqibatlarga olib kelgan”, - deb xoʻrsinib qoʻyadi Chingiz Kabirovich.
Qahramonimiz 1943 yil dekabr oyida jarohat oldi. Katyushalar jang maydonini tozalagandan soʻng, uning boʻlinmasi askarlari yangi nuqtani egallash uchun okoplardan chiqqan. Shu paytda bir oʻq vzvod komandiri Zalyalyutdinovning qoʻlini yaralab, tirsagi yonidagi suyakni sindirgan. Hushini yoʻqotgan komandirni askarlar yaqin atrofda boʻlgan oziq-ovqat tashish mashinasiga oʻtkazib kasalxonaga joʻnatishgan – avval Xarkovga, u yerdan tranzitda Moskva orqali Kirovga.

“Qiyinchiliklar bilan sogʻayasanda va yana bir beboshlikni boshlab oʻtirasan”

Yosh pulemyotchining frontdan tashqaridagi davri ham sarguzashtlarga boy boʻlgan. Yangi 1944 yilni u Xarkov gospitalida kutib olgan. Bolalar va gospitalda davolanayotgan Qizil Armiya askarlari koʻchada changʻi uchishardi. Chingiz Kabirovich ham ofitser sifatida changʻida uchishni bilishi kerak edi.
“Sveta - yarador askarlarni oʻrgatuvchi sportchi, menga tayoq bilan surish, tanani ushlab turish va boshqa harakatlarni koʻrsatdi. Biroz tuzalgach, oʻzimni koʻrsatmoqchi boʻldim. Tinchgina kasalxona eshigidan tashqariga chiqdim. Pastga qarab ketuvchi yoʻlak bor edi. Katta koʻcha boʻylab inertsiya bilan uchib ketdim. Qoʻlimdan hech narsa kelmasdi- hech boʻlmasa yiqilmasam deb oʻylayman. Qarasam, sutli ikkita bidonni obkashga ortib olgan ayol kelyapti. Yaxshiyamki, bidonning qopqoqlari yopiq ekan. Men unga bor tezlikda uchib bordim. Ikkalamiz dumalab ketdik. Meni zambilda gospitalda olib kelishdi”, - deydi Chingiz Kabirovich jiddiy ohangda.
Yosh, qiziqqon jangchi oʻshanda komandirdan eshitadiganini eshitgan.
“Nima sen yana frontga borishni xohlamaysanmi? Nimalar qilyapsan? Zoʻrgʻa tuzalayotgan boʻlsang, nima yana beboshlik?”- deb oʻzini tergardi komissar.
Jarohat, albatta kuchaydi, shuning uchun davolanish yana bir necha oyga choʻzildi.
1944 yil fevral oyida gospitaldan chiqqanidan soʻng Zalyalutdinov Ural harbiy okrugi ixtiyoriga yuborildi. U yerda u Oliy tank va miltiq maktabida tahsil oldi, lekin ular uni frontga qaytarishga shoshilmadilar – jarohat hali tuzalmagan edi. Shunday qilib, boshqa toʻliq tiklanmagan jangchilar bilan birga u front ortida xizmat qilishni davom ettirdi.

“Axir bu ota sening akang tengiku”

Zalyalutdinovlar oilasidan otasi Kabir va ukasi Elbek frontda jang qilgan. Uralga kelgunicha yarador boʻlgan Chingiz na uydan, na frontdan xat olgan, shuning uchun u qarindoshlarining qayerdaligini, tirikmi yoki yoʻqligini ham bilmas edi.
Zalyalutdinovning otasi tankchi edi. Polshadagi boʻlinmasi magʻlubiyatga uchragach, u Nijniy Tagildagi zavodga yangi tanklar olish uchun keldi. Oʻgʻlining kasalxonada ekanligini bilgach, koʻrgani bordi.
“Oʻquv korpusi komandiridan otamni koʻrish uchun bir kunga ruxsat soʻradim, u yoʻllanma yozib berdi. Dadamni koʻrib, yoniga borayotganimda, komandir orqamdan: “Toʻxta! Otang qani? Menga yolgʻon gapirdingmi? U senga qanday ota boʻlsin - juda yoshku. Bu sening akangmi boshqasimi. Bu nimasi?” Shunda dadam kelib, oʻzini tanishtirdi, mening haqiqatan ham uning oʻgʻli ekanligimni tasdiqlab, partiya bileti va harbiy biletini koʻrsatdi. Boshliq kulib, kechirim soʻradi”, – deb taʼsirli daqiqalarni eslaydi qahramonimiz.
Oilaviy suratga qarab, rostdan ham ularning ikki aka-uka emas, ota va oʻgʻil ekanligiga ishonish qiyin. Zalyalyutdinovlar oilasi urushdan uyga eson-omon qaytishdi - otasi ham, uzoq va baxtli hayot kechirgan akasi Elbek ham.

Elbadagi uchrashuv

Jarohatini davolab, urush oxiriga kelib, Chingiz front uchun zaxira boʻlgan polk tarkibiga oʻtdi. Tankga qarshi qurollar qoʻmondoni sifatida Zalyalutdinov askarlarni tayyorlagan. 1945 yilda rotaning bir qismi sifatida u yana Kenigsberg (Kaliningrad) yaqinidagi frontga qaytgan. Vazifa tugagandan soʻng, boʻlinmalar 1-Ukraina frontiga Berlinga hujum qilishda yordam berish uchun yuborildi.
Berlin jangi allaqachon tugagan, ammo nemis qoʻshinlari hali ham qarshilik koʻrsatar edi.
“Biz amerikaliklar natsistlar qoʻliga oʻtmasligi uchun Elba boʻylab toʻsiqlar oʻrnatdik. 4-5 may kunlari edi. Bosh shtab boshligʻi meni sulh tuzishga va natsistlarni taslim boʻlishga ishontirishga chaqirdi. Men esa nemis tilida “Gitler kaput”dan tashqari, hech narsa bilmasdim, ikki nafar ofitser-tarjimonni yordamga berishdi – men otdaman, ular velosipedda”, - deydi Chingiz Kabirovich.
Oʻtish vaqtida boʻlinishga toʻgʻri keldi va Chingiz belgilangan joyga borgach, oʻz safdoshlarini topa olmadi. Nemis boʻlinmalariga yetib borib dushman pozitsiyasida yolgʻiz qoldi, tilni esa bilmaydi.
“Choʻntagimdan oq bayroqni chiqarib, silkita boshladim, chunki oʻsha paytda menda qurol boʻlmasligi kerak edi. Ularning shtab-avtobusiga yaqinlashdik. U yerda toʻrtta general oʻtirgan edi. Kirdim, lekin qanday aytish kerakligini bilmayman. Men xaritadan yoʻlni ularga qalam bilan koʻrsatib raqamlarni yozaman - 50-armiya, uchinchisi oldinda. Yigirma daqiqa davomida men ularga xaritada imo-ishoralar bilan tushuntirdim: bu yerga borsangiz - “pux- pux” va barmogʻimni boʻynimga olib borib halok boʻlasizlar degandek ishora qilaman. Ular tushungandek boshlarini qimirlatishdi. Qorongʻi tushdi, men: “Boʻldi - meni tashqariga chiqarib, boshimdan oʻq uzishadi” deb oʻyladim. Va shu payt shtab boshligʻi yetib keldi – u ham yolgʻiz!.. Meni koʻrib hayron boʻldi – bu yerda nima qilib yuribsan? dedi”, – urushning soʻnggi soatlarini eslaydi Chingiz Kabirovich.
© Ramiz BaxtiyarovVeteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov
Veteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2022
Veteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov
Haligacha hech narsani tushunmagan ofitser 20 ta mashina va askar tayyorlash haqida buyruq oldi va oʻz mashinasiga yetib borgach, hamma allaqachon ketganini koʻrdi - jangovar harakatlar tugagan edi.

Tankdan buldozerga

Urushdan keyin Chingiz Kabirovich birdaniga Toshkentga qaytmadi - bir qancha vaqt janglarda qiynalgan otryadlar, boʻlinmalar va boshqa boʻlinmalarni tiklashga yordam berdi. Bu ish tufayli jangchi buldozer boshqarishni oʻrgandi.
“1951-yilda uyga qaytdim. Yangiyoʻlda birinchi ixtisosligim - avtotraktor stantsiyasida tokarlik boʻyicha ishladim. Ikki haftadan keyin direktor chaqirib buldozer haydashni bilasanmi deb soʻradi. Men bu texnikada ishlaganman, deb javob berdim. Menga birinchi navbatda avtomashinani stantsiyadan haydash, keyin esa zavod hududini chiqindidan tozalash buyrugʻi berildi. Tozalash uchun yarim soat vaqt ketdi. Esimda, hamma tomosha qilish uchun chiqqandi - bizda buldozerni hech kim koʻrmagan, hamma uchun ajabtovur texnika edi”, - deydi qahramonimiz.
© Ramiz BaxtiyarovVeteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov
Veteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2022
Veteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov
Chingiz Zalyalutdinovning parad kitelida oʻndan ortiq ordenlar, jumladan, “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun” va “Kenigsbergni qoʻlga kiritgani uchun” medallari, “Vatan urushi” ordeni, shuningdek SSSR, Rossiya va Oʻzbekiston esdalik medallari bor.
© Ramiz BaxtiyarovVeteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov
Veteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2022
Veteran Velikoy Otechestvennoy voynы Chingiz Zalyalyutdinov
Urush faxriysining katta ahil oilasi: ikki qizi, toʻrtta nabirasi va uchta chevarasi bor. Darvoqe, chevaralaridan biri, 7 yoshli Aslan katta bobosining izidan borgan, harbiy maktabda oʻqiydi.
Yangiliklar lentasi
0