https://oz.sputniknews-uz.com/20220510/tamaki-chekish-ogiz-boshligi-saratoniga-olib-keladi-24462529.html
Tamaki chekish ogʻiz boʻshligʻi saratoniga olib keladi
Tamaki chekish ogʻiz boʻshligʻi saratoniga olib keladi
Tamaki chekish va u bilan birga spirtli ichimliklar isteʼmol qilish ogʻiz saratoniga chalinish ehtimolini 30 barovar koʻpaytiradi.
2022-05-10T21:45+0500
2022-05-10T21:45+0500
2022-05-10T21:45+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/904/24/9042418_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_3074d09cfc1bb913d6c3e547e4ddad67.jpg
Tamaki chekish oʻpka va nafas yoʻllari saratoniga olib keladi. Ammo bu zararli odat ogʻiz boʻshligʻi saratoni kasalligiga ham sabab boʻlishi mumkin. Bu haqida Focus.de portali xabar berdi.Tamaki chekish va u bilan birga spirtli ichimliklar isteʼmol qilish ogʻiz saratoni kasaliga chalinish ehtimolini 30 barobarga koʻpaytiradi. Chunki, sigareta tutunida minglab zararli birikmalar bor. Ularning kamida 90 tasi kantserrogen moddalardir.Shunday qilib, sigaretaning tutuni bilan yaqin aloqada boʻlgan barcha toʻqimalar zararlanishi mumkin va hujayralar mutatsiyaga uchraydi. Spirtli ichimliklar shilliq qavatni oʻtkazuvchanligini oshirib salomatlikni yanada jiddiylashtiradi.Ogʻiz boʻshligʻi saratoni koʻpincha rivojlangan bosqichda aniqlanadi. Kasallikning dastlabki alomatlariga eʼtibor berish nihoyatda muhim, ularning aniqlashishi kasallik bilan muvaffaqiyatli kurashishga yordam beradi. Bunday alomatlar shilliq qavatning shikastlanishi, bitmaydigan yaralar, shish, qizarish, yengil qon ketish va umumiy oʻzgarishlar (notekisliklar, chuqurchalar) boʻlishi mumkin.Muntazam tish shifokori koʻrigida boʻlib, ogʻiz boʻshligʻining holatini kuzatish lozim. Ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasiga rioya qilmaslik, doimiy bosim nuqtalarining mavjudligi (notoʻgʻri oʻrnatilgan braketlar yoki protezlar tufayli), tarkibi goʻsht va qovurilgan taomlar boʻlgan ratsion ham kasallikning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.Ogʻiz boʻshligʻi saratoni allaqachon rivojlangan boʻlsa ham, koʻplab alomatlar baribir eʼtibordan chetda qoladi. Agar zichliklar, koʻp qon ketish, qizil yoki oq dogʻlar, tilning harakatchanligi cheklanishi, tupukning koʻpayishi, chaynash va yutishda qiyinchilik boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/904/24/9042418_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_b587375757b735df470e898c7152ec5e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi
Tamaki chekish ogʻiz boʻshligʻi saratoniga olib keladi
Tamaki chekish va u bilan birga spirtli ichimliklar isteʼmol qilish ogʻiz saratoniga chalinish ehtimolini 30 barovar koʻpaytiradi.
Tamaki chekish oʻpka va nafas yoʻllari saratoniga olib keladi. Ammo bu zararli odat ogʻiz boʻshligʻi saratoni kasalligiga ham sabab boʻlishi mumkin. Bu haqida Focus.de portali xabar berdi.
Tamaki chekish va u bilan birga spirtli ichimliklar isteʼmol qilish ogʻiz saratoni kasaliga chalinish ehtimolini 30 barobarga koʻpaytiradi. Chunki, sigareta tutunida minglab zararli birikmalar bor. Ularning kamida 90 tasi kantserrogen moddalardir.
Shunday qilib, sigaretaning tutuni bilan yaqin aloqada boʻlgan barcha toʻqimalar zararlanishi mumkin va hujayralar mutatsiyaga uchraydi. Spirtli ichimliklar shilliq qavatni oʻtkazuvchanligini oshirib salomatlikni yanada jiddiylashtiradi.
Ogʻiz boʻshligʻi saratoni koʻpincha rivojlangan bosqichda aniqlanadi. Kasallikning dastlabki alomatlariga eʼtibor berish nihoyatda muhim, ularning aniqlashishi kasallik bilan muvaffaqiyatli kurashishga yordam beradi. Bunday alomatlar shilliq qavatning shikastlanishi, bitmaydigan yaralar, shish, qizarish, yengil qon ketish va umumiy oʻzgarishlar (notekisliklar, chuqurchalar) boʻlishi mumkin.
Muntazam tish shifokori koʻrigida boʻlib, ogʻiz boʻshligʻining holatini kuzatish lozim. Ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasiga rioya qilmaslik, doimiy bosim nuqtalarining mavjudligi (notoʻgʻri oʻrnatilgan braketlar yoki protezlar tufayli), tarkibi goʻsht va qovurilgan taomlar boʻlgan ratsion ham kasallikning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Ogʻiz boʻshligʻi saratoni allaqachon rivojlangan boʻlsa ham, koʻplab alomatlar baribir eʼtibordan chetda qoladi. Agar zichliklar, koʻp qon ketish, qizil yoki oq dogʻlar, tilning harakatchanligi cheklanishi, tupukning koʻpayishi, chaynash va yutishda qiyinchilik boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.