Jamiyat

Angren shahri hokimi Nuriddin Abdurahimov vafot etdi

Nuriddin Abduraximov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent viloyati Angren shahri hokimi Nuriddin Abdurahimov xastalikdan soʻng 44 yoshida vafot etdi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Angren shahri hokimi Nuriddin Abdurahimov betoblikdan soʻng vafot etdi vafot etdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abdurahimov yanvar oyida Angren shahri hokimini lavozimini egallagan edi.
Nuriddin Abdurahimov 1978 yilda Piskent tumanida tugʻilgan. Toshkent moliya institutini tamomlagan (bakalavr — 1999, magistratura — 2001).
Mehnat faoliyati davomida Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, "Oʻzkimyosanoat" kompaniyasi, Iqtisodiyot vazirligida ishlagan. Hokim etib tayinlanguniga qadar Abdurahimov Prezident administratsiyasining masʼul xodimi sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0