Iqtisod

Endi masofaviy elektron toʻlovlar uchun ham keshbek toʻlanadi

© Foto: GNK UzbekistanaKeshbek za pokupki
Keshbek za pokupki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toʻlov xizmatlari elektron tijorat platformalari orqali amalga oshirilganda QR-kodli chek hosil boʻladi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Davlat soliq qoʻmitasi (DSQ) endi masofaviy elektron toʻlovlar uchun ham xaridlardan 1 foiz miqdorida keshbek toʻlanishini xabar qildi.

“Elektron tijorat platformalari – “marketpleys” larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan xaridlar uchun ham keshbek toʻlanadi”, - deyilgan xabarda.

Bu Soliq organlari axborot tizimlarining elektron toʻlovlar – Paynet, Oson, Click, Payme, Apelsin, ATTO va boshqalarning integratsiyasi evaziga amalga oshiriladi.
Bu toʻlov tizimlari orqali toʻlovlarni amalga oshirishda QR-kodli chek hosil boʻladi. Agar isteʼmolchi keshbek tizimida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, xarid summasining 1 foizi “Soliq” mobil ilovasining shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks ettiriladi.
Shuningdek, keshbek olish uchun elektron chekdagi QR-kodni skanerlash imkoni ham mavjud.
DSQ avtomobillar, havo va temir yoʻl chiptalarini xarid qilish, kommunal va aloqa xizmatlari uchun keshbek toʻlanmasligini eslatgan.
Avvalroq Oʻzbekistonda isteʼmolchilarga yil boshidan buyon qaytarilgan keshbek miqdori 72,3 mlrd soʻmga yetgani xabar qilingan edi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obʼyektlarida xarid qilib, xarid chekini mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.
Buning uchun isteʼmolchilar xarid chekining QR-kodini "Soliq" mobil ilovasida skanerlash orqali roʻyxatdan oʻtkazishlari lozim.

“Soliq” mobil ilovasini qanday yuklab olish mumkin

Xarid chekini roʻyxatdan oʻtkazish uchun telefonda “Soliq” mobil ilovasi oʻrnatilgan boʻlishi shart. Ilovani “Play Market” (Android) yoki “App Store” (iOS) orqali yuklab olish mumkin. Ilovaning “Umumiy xizmatlar” boʻlimida "Keshbek" tugmasini bosib, shtrix kodli (QR-kod) xarid chekini telefon kamerasi orqali roʻyxatdan oʻtkazish kerak. "Keshbek" boʻlimida shtrix kod rasmi koʻrsatilgan tugmani bosish kerak. Shundan soʻng kamera xarid cheki shtrix kodiga yoʻnaltirilsa, u avtomatik tarzda shtrix kodni oʻqiydi.
Ilovaning "Mening cheklarim" boʻlimida skaner qilingan cheklar roʻyxati shakllanadi. Xarid cheklaridan tushgan keshbek yigʻilib boradi va "Umumiy keshbek summasi" boʻlimida koʻrinadi. Oy boshida oʻtgan oyda yigʻilgan keshbek mablagʻlari toʻliq koʻrinadi.
"Tushumlar tarixi" boʻlimida xarid chekini skaner qilish orqali yigʻilgan keshbeklar tarixini koʻrish mumkin. Yigʻilgan mablagʻlarni "Kartaga pul oʻtkazish" boʻlimida bank kartasiga oʻtkazib olish imkoniyati bor.
Baʼzi cheklar ilovadan roʻyxatdan oʻtmaydi. Chunki, ayrim tadbirkorlar taqdim etadigan xarid cheklari Soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan talablarga mos kelmaydi. Masalan, baʼzi hollarda xarid chekida "Fiskal belgi" va shtrix kod boʻlishiga qaramay, uni roʻyxatdan oʻtkazish paytida ilova "Chekdagi mahsulot kodi (MXIK) xato" deb koʻrsatadi. Mahsulot kodida xatolik aniqlangan tadbirkorlik subʼyekti haqidagi toʻliq maʼlumotlarni soliq organlariga yetkazish kerak boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0