https://oz.sputniknews-uz.com/20220511/harbiy-tibbiyot-tarixida-ilk-bor-buyrak-kochirib-otkazish-amaliyoti-otkazildi-24484629.html
Harbiy tibbiyot tarixida ilk bor buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti oʻtkazildi
Harbiy tibbiyot tarixida ilk bor buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti oʻtkazildi
Markaziy harbiy klinik gospitalida ilk bor buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti zaxiradagi serjantda oʻtkazildi. 11.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-11T17:54+0500
2022-05-11T17:54+0500
2022-05-11T17:54+0500
jamiyat
inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/0b/24484568_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_94dba96f82205e62c0b07691f2839dcb.jpg
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida ilk bor buyrak transplantatsiya amaliyoti oʻtkazildi.Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, jarrohlik amaliyoti buyrak yetishmovchiligi xastaligi sabab harbiy xizmatdan zaxiraga oʻtkazilgan serjant Shuhrat Ziyotovda oʻtkazilgan. Unga uning turmush oʻrtogʻi donor boʻldi. Amaliyot 7 soatdan oshiq vaqt davom etgan.Bemor Shuhrat Ziyotov 18 yildan ortiq vaqt davomida harbiy xizmatda boʻlgan. 2018 yili sogʻligida muammo kuzatilgach, zaxiraga oʻtkazilgan. Oʻtgan vaqt davomida sogʻligi yaxshilanavermagach, Mudofaa vazirligi rahbariyatiga koʻmak soʻrab murojaat qilgan.Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashgan jarrohlik markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tekshiruv-diagnoz natijalariga koʻra, buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti zarurligi aniqlangan.Operatsiyagacha boʻlgan vaqt davomida kerakli barcha dori-darmon, muolajalar bepul oʻtkazildi.Maʼlumot uchun, yaqin kunlarda harbiy gospitalning yangi 8 qavatlik binosi toʻliq foydalanishga topshiriladi. U yerda nafaqat harbiy soha vakillari va ularning oila aʼzolari balki, boshqa fuqarolarga ham tibbiy xizmat koʻrsatiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/0b/24484568_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bc2cb020739d1c9da53712fbe3ae04e6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi
Harbiy tibbiyot tarixida ilk bor buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti oʻtkazildi
Markaziy harbiy klinik gospitalida ilk bor buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti zaxiradagi serjantda oʻtkazildi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida ilk bor buyrak transplantatsiya amaliyoti oʻtkazildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining
Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, jarrohlik amaliyoti buyrak yetishmovchiligi xastaligi sabab harbiy xizmatdan zaxiraga oʻtkazilgan serjant Shuhrat Ziyotovda oʻtkazilgan. Unga uning turmush oʻrtogʻi donor boʻldi. Amaliyot 7 soatdan oshiq vaqt davom etgan.
Bemor Shuhrat Ziyotov 18 yildan ortiq vaqt davomida harbiy xizmatda boʻlgan. 2018 yili sogʻligida muammo kuzatilgach, zaxiraga oʻtkazilgan. Oʻtgan vaqt davomida sogʻligi yaxshilanavermagach, Mudofaa vazirligi rahbariyatiga koʻmak soʻrab murojaat qilgan.
Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashgan jarrohlik markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tekshiruv-diagnoz natijalariga koʻra, buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti zarurligi aniqlangan.
Operatsiyagacha boʻlgan vaqt davomida kerakli barcha dori-darmon, muolajalar bepul oʻtkazildi.
“Hozirda ikkalalarining ham ahvoli yaxshi. Bu jarrohlik amaliyotini oʻtkazishda Mudofaa vazirligining oʻrni katta. Zarur jarrohlik asbob-uskunalari hamda dori-darmonlar bilan toʻliq taʼminlab berishdi. Qolaversa, bundan buyon bemor va donorning toʻliq tuzalib ketguniga qadar nazorat ostida boʻladi”, - deydi bosh jarrohi Ulugʻbek Rasulov.
Maʼlumot uchun, yaqin kunlarda harbiy gospitalning yangi 8 qavatlik binosi toʻliq foydalanishga topshiriladi. U yerda nafaqat harbiy soha vakillari va ularning oila aʼzolari balki, boshqa fuqarolarga ham tibbiy xizmat koʻrsatiladi.