Jamiyat

Manfaatlar toʻqnashuvi alohida qonun bilan tartibga solinadi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi taklif qilingan qonun loyihasiga koʻra, davlat tashkiloti xodimi manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi maʼlumotlarni deklaratsiya qilish va oldindan xabar berish tartibi oʻrnatiladi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Manfaatlar toʻqnashuvi ehtimoli haqida oldindan xabar bermagan davlat xizmatchisi - jarimaga tortiladi. Bu haqida “Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida keltirilgan. Qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.
Mazkur qonun loyihasining maqsadi - davlat xizmatchilari tomonidan korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishning oldini olishi hamda xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash sohasidagi 3 ta indeksda Oʻzbekiston pozitsiyasiga ijobiy taʼsir etishi kutilmoqda.
Davlat tashkiloti xodimi tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼlum qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni deklaratsiya qilish;
mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar berish.
Manfaatlar toʻqnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari belgilanmoqda. Xususan:
davlat tashkilotlari xodimlarining har bir holatda manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar bermaganligi BHMning 3 baravardan 5 baravarigacha (takroran boʻlsa – BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha);
mansabdor shaxslarining ushbu vaziyatlarni tartibga solmaganligi BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha (takroran boʻlsa – BHMning 10 baravardan 15 baravarigacha) jarima solishga sabab boʻlishi mumkin.
Davlat tashkiloti xodimining yaqin qarindoshlari va unga aloqador boʻlgan shaxslar mazkur xodimning mehnat qilayotgan tashkiloti bilan huquqiy munosabatga kirishayotganida manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabar berishi lozim.
Yangi qonun loyihasi 25 mayga qadar muhokamada boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0