https://oz.sputniknews-uz.com/20220511/mirziyoev-24484919.html
Mirziyoyev suv toshqinlaridan himoyani kuchaytirishni topshirdi
Mirziyoyev suv toshqinlaridan himoyani kuchaytirishni topshirdi
Mart-may oylarida kuzatilgan yirik sel oqibatida 9 kishi halok boʻlgan. 11.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-11T18:32+0500
2022-05-11T18:32+0500
2022-05-11T18:32+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
sel
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/13/24078343_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_ce299285d653e8734e540d860b74164b.jpg
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yigʻilishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, mart-may oylarida kuchli yogʻingarchilik oqibatida Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 15 ga yaqin yirik sel va koʻchkilar sodir boʻlgan. Oqibatda 9 nafar inson halok boʻlgan. 245 ta xonadon, 19 ta koʻprik zarar koʻrdi, 450 dan ortiq bosh chorva mollari nobud boʻlgan.Bunga sel va koʻchki xavfi yuqori hududlarda yillar davomida betartib pala-partish sugʻorilgani ham sabab boʻlmoqda.Shu munosabat bilan davlat rahbari mutasaddilarga togʻ daryolari va soylari, sel yoʻllari joylashgan hududlarda tunu-kun ishlaydigan shtablar tashkil etish va qutqaruv otryadlarini koʻpaytirish haqida topshiriq berdi.Daryo qirgʻoqlari, suv omborlari, selga qarshi inshootlarning favqulodda vaziyatlarga shaylik holati oʻrganilib, ularni mustahkamlash zarur.Qolaversa, xavfli hududlarda yashayotgan xonadonlarni xavfsiz hududlarga doimiy koʻchirish choralarini koʻrish zarur.Mavzuga oid:
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/13/24078343_89:0:1224:851_1920x0_80_0_0_b6b3a78261aad158b1ea476e53751eb1.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, sel
Mirziyoyev suv toshqinlaridan himoyani kuchaytirishni topshirdi
Mart-may oylarida kuzatilgan yirik sel oqibatida 9 kishi halok boʻlgan.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yigʻilishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov
maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, mart-may oylarida kuchli yogʻingarchilik oqibatida Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 15 ga yaqin yirik sel va koʻchkilar sodir boʻlgan. Oqibatda 9 nafar inson halok boʻlgan. 245 ta xonadon, 19 ta koʻprik zarar koʻrdi, 450 dan ortiq bosh chorva mollari nobud boʻlgan.
Bunga sel va koʻchki xavfi yuqori hududlarda yillar davomida betartib pala-partish sugʻorilgani ham sabab boʻlmoqda.
Shu munosabat bilan davlat rahbari mutasaddilarga togʻ daryolari va soylari, sel yoʻllari joylashgan hududlarda tunu-kun ishlaydigan shtablar tashkil etish va qutqaruv otryadlarini koʻpaytirish haqida topshiriq berdi.
Daryo qirgʻoqlari, suv omborlari, selga qarshi inshootlarning favqulodda vaziyatlarga shaylik holati oʻrganilib, ularni mustahkamlash zarur.
Qolaversa, xavfli hududlarda yashayotgan xonadonlarni xavfsiz hududlarga doimiy koʻchirish choralarini koʻrish zarur.
Mavzuga oid: