Dunyoda

Neft embargosi Moskvaga foyda keltiradi - jurnalist

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishDobыcha nefti v Tatarstane
Dobыcha nefti v Tatarstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Neft bozorida Rossiya hajmining yoʻqolishi energiya narxining oshishiga olib kelishi sababli, Moskva oxir-oqibat embargo qoʻllanilgan taqdirda ham koʻproq daromad olishi mumkin.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Shveytsariyaning “Neue Zürcher Zeitung” gazetasi iqtisodiy sharhlovchisi Gerald Xospning aytishicha, Moskva Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy qilingan neft embargosidan foyda koʻrishi mumkin.
“Neft bozorida Rossiya hajmining yoʻqolishi energiya narxining oshishiga olib kelishi sababli, Moskva oxir-oqibat embargo qoʻllanilgan taqdirda ham koʻproq daromad olishi mumkin. Keyinchalik yuqori narx pastroq hajmni qoplaydi”, deb yozadi u.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, bosqichma-bosqich Rossiya xom-ashyosiga taqiqning kuchga kirishi Moskva uchun faqat foydali boʻladi.
“Voqealarning bunday rivojlanishi bilan narxlar darhol koʻtariladi, ammo Rossiya Evropa Ittifoqiga narxi koʻtarilgan [qimmat] neftni yetkazib berishda davom etadi”, - deb tushuntirdi Xosp.
Ekspertning qoʻshimcha qilishicha, Xitoy va Hindiston ham embargodan foyda koʻradi, yaʼni ular Rossiyadan neftni arzonroq narxda olishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0