https://sputniknews-uz.com/20220511/uy-va-avtomobil-savdosida-boj-toifalari-bekor-qilinishi-mumkin-24473837.html
Uy maydoni va avtomobil quvvatiga doir soliq toifalari bekor qilinishi mumkin
Uy maydoni va avtomobil quvvatiga doir soliq toifalari bekor qilinishi mumkin
Sotib olingan uyning maydoni va avtomobilning ot kuchiga qarab belgilanadigan soliq toifalarini bekor qilish taklif qilindi. 11.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-11T12:55+0500
2022-05-11T12:55+0500
2022-05-11T13:00+0500
iqtisod
soliq
davlat bojxona qoʻmitasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/09/10/20513630_0:610:1300:1341_1920x0_80_0_0_6d7c820815405087a4b16728446f5be7.jpg
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Oʻzbekistonda sotib olingan uy maydoni va avtomobil ot kuchidan qatʼiy nazar - bir xil miqdorda davlat boji undirish rejalashtirilmoqda. Bu haqida deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilayotgan qoʻshimchalar loyihasida aytib oʻtilgan. Ushbu hujjat bilan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat bojini undirish va toʻlashdan ozod qilish masalasi tartibga solinmoqda hamda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish asoslari belgilanyapti.Qonun loyihasi bilan uy sotib olishda maydonning qanchaligidan qatʼi nazar bir xil – 1,5 barobar miqdorda boj undirish taklif qilinyapti. Amaldagi qonunchilikda bu oltita toifaga ajratilgan boʻlib, olti xil miqdorda davlat boji undirilar edi.Taklif etilayotgan qonun loyihasida ishlab chiqarilgan yili va ot kuchidan qatʼi nazar, avtomobil oldi-sotdisida bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari (810 ming soʻm) miqdorida davlat boji undirish belgilanmoqda.Yigʻilishda fraktsiya deputatlari qonun loyihasi qoʻllab-quvvatlagan.Yangi tartib qonunchilikka kirishi uchun dastlab bu loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida 3 oʻqishda koʻrib chiqilib, qabul qilinishi kerak. Soʻngra qonunni Senat maʼqullaydi yoki qaytaradi. Parlament qabul qilgan qonun prezident tomonidan imzolangach, hujjatning oʻzida koʻrsatilgan muddatda kuchga kiradi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/09/10/20513630_0:488:1300:1463_1920x0_80_0_0_4680a2745877c8a135da96ca24b3ba6b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
soliq, davlat bojxona qoʻmitasi
Uy maydoni va avtomobil quvvatiga doir soliq toifalari bekor qilinishi mumkin
12:55 11.05.2022 (yangilandi: 13:00 11.05.2022) Sotib olingan uyning maydoni va avtomobilning ot kuchiga qarab belgilanadigan soliq toifalarini bekor qilish taklif qilindi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Oʻzbekistonda sotib olingan uy maydoni va avtomobil ot kuchidan qatʼiy nazar - bir xil miqdorda davlat boji undirish rejalashtirilmoqda. Bu haqida deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilayotgan qoʻshimchalar
loyihasida aytib oʻtilgan.
Ushbu hujjat bilan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat bojini undirish va toʻlashdan ozod qilish masalasi tartibga solinmoqda hamda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish asoslari belgilanyapti.
Qonun loyihasi bilan uy sotib olishda maydonning qanchaligidan qatʼi nazar bir xil – 1,5 barobar miqdorda boj undirish taklif qilinyapti. Amaldagi qonunchilikda bu oltita toifaga ajratilgan boʻlib, olti xil miqdorda davlat boji undirilar edi.
“Avtotransportlar oldi-sotdisida ishlab chiqarilgan yili, ot kuchi, jami 12 ta toifaga ajratilgan holda umumiy narxning 10 barobari (2 700 000)gacha toʻlov qilinyapti. Shu bois, aksariyat odamlar sotib olayotgan mashinasini oʻzining nomiga rasmiylashtirishdan koʻra, 3 yillik ishonchnoma imzolashni afzal koʻrmoqda”, deyiladi Quyi palata matbuot xizmati xabarida.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida ishlab chiqarilgan yili va ot kuchidan qatʼi nazar, avtomobil oldi-sotdisida bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari (810 ming soʻm) miqdorida davlat boji undirish belgilanmoqda.
Yigʻilishda fraktsiya deputatlari qonun loyihasi qoʻllab-quvvatlagan.
Yangi tartib qonunchilikka kirishi uchun dastlab bu loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida 3 oʻqishda koʻrib chiqilib, qabul qilinishi kerak. Soʻngra qonunni Senat maʼqullaydi yoki qaytaradi. Parlament qabul qilgan qonun prezident tomonidan imzolangach, hujjatning oʻzida koʻrsatilgan muddatda kuchga kiradi.