Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xerson viloyati Rossiya tarkibiga kiritishni soʻraydi - maʼmuriyat

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishNad zdaniyem goradministratsii Xersona vodruzili rossiyskiy flag
Nad zdaniyem goradministratsii Xersona vodruzili  rossiyskiy flag - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Xerson viloyati hokimiyati Vladimir Putinga viloyatni Rossiya tarkibiga kiritish iltimosi bilan murojaat qiladi, dedi viloyat harbiy-fuqarolik maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari Kirill Stremousov. RIA Novosti xabariga asosan.

"Xerson shahri - bu Rossiya, hech qanday Xerson Xalq Respublikasi tuzilmaydi, referendum oʻtkazilmaydi. Bu Xerson viloyati rahbariyatning Rossiya Federatsiyasi prezidentiga murojaatiga asoslangan yagona farmon boʻladi va unda viloyatni Rossiyaning toʻlaqonli hududi sifatida tan olish haqidagi iltimosidan iborat boʻladi", - dedi u.

Stremousovning qoʻshimcha qilishicha, yil oxirigacha mintaqa butunlay Rossiya qonunchiligiga oʻtadi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Rossiya harbiylari butun Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga olgan. Hududlarda fuqarolik-harbiy boshqarmalar tuzildi. Shu tariqa Ukraina Azov dengizidan butunlay uzib qoʻyildi. Shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlari hududlarini DXR bilan bogʻlash imkoni paydo boʻldi.
“Yedinaya Rossiya” Bosh Kengashi kotibi Andrey Turchak 7 may kuni aytganidek, "Rossiya Xerson viloyatiga abadiy keldi va uning aholisi mintaqa maqomini belgilaydi". Oʻz navbatida, viloyat maʼmuriyati rahbari Vladimir Saldo mintaqa allaqachon Rossiya katta oilasining ajralmas qismiga aylangan.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq boʻldi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0