Jamiyat

“Aqlli” suv hisoblagichlari suv sarfini uch baravarga kamaytirdi

© Novosti UzbekistanaGazovыy elektronnыy schetchik
Gazovыy elektronnыy schetchik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mirobod va Shayxontohur tumanlarida koʻp kvartirali uy xonadonlariga sinov tariqasida oʻrnatilgan “Aqlli” suv hisoblagichlari suv sarfini uch baravarga kamaytirdi.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Poytaxtning Mirobod va Shayxontohur tumanlarida joylashgan koʻp kvartirali uylarga oʻrnatilgan “Aqlli” suv hisoblagichlari suv sarfini uch baravarga kamaytirdi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlum qildi.
Koreyaning "K-Water" korporatsiyasi bilan hamkorlikda koʻp kvartirali uylardagi 8 450 ta xonadonda sinov tariqasida “aqlli” suv hisoblagichlarini oʻrnatish loyihasi amalga oshirilmoqda.
“Suv hisoblagichlarini oʻrnatish suv sarfini aniq monitoring qilish va shu tariqa ortiqcha suv sarflanishining oldini olish, shuningdek, maʼlumotlarni masofadan turib yuborish imkonini beradi”, deydi Akmal Murodov.
Aytilishicha, aprel oyi holatiga koʻra, aktsiyadorlik jamiyatining billing tizimida 4,2 million nafar abonent mavjud boʻlib, ulardan 60 foizi suv hisoblagichlari bilan taʼminlangan.
Isteʼmolchilarni suv hisoblagichlari bilan taʼminlash maqsadida oʻtgan yilda mamlakat boʻylab 312 mingta suv hisoblagichlari oʻrnatildi. Bu yil 225 mingta suv hisoblagichini oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlsa, shundan ularning 121 mingtasi yanvar-aprel oylarida oʻrnatib boʻlindi.
Shuningdek, 2022-2024 yillarda suv inshootlari, magistral va koʻcha boshidagi tarmoqlariga jami 15 579 ta suv hisoblagichini oʻrnatish rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, respublika hududlarida soʻnggi 5 yilda 6 mln 500 ming aholi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ilk bor taʼminlandi. 4 mln 500 mingdan ortiq aholining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilandi.
2022-2026 yillarda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini qariyb 87 foizga yetkazish kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0