Jamiyat

Bekobod tumani hokimi isteʼfoga chiqdi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Yul kuyilgan kamchiliklarim uchun sizlardan uzr surayman. Xayr!”, deya yozib qoldirdi hokim.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Bugun, 12 may kuni Toshkent viloyati Bekobod shahri hokimi Zafar Fayzullayev oʻz lavozimidan ketdi. Bu haqda u Facebook* dagi sahifasida maʼlum qildi.
“Hurmatli hamshaharlar, doʻstlar. Bugun mening Bekobod shahar xokimi sifatida vakolatim yakuniga yetdi. Bu buyuk shaharga rahbar etib tayinlaganlari uchun hurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovichga cheksiz hurmatimni va minnatdorligimni bildiraman. Shu 5 yil davomida hurmatli prezidentimiz doim oʻzlarini mehrlarini Bekobod shahriga va uning mehnatkash aholisiga bildirib keldilar. Qilingan ishlarni sanab chiksak, qogʻozlar tom-tom boʻlib ketadi. Men barcha bekobodliklarga oʻzimning hurmatimni bildirib, ularning hayotlariga omad va saodat tilayman. Men ham oʻzimning qoʻlimdan kelganicha sizlar bilan ishlab, yashab shu yerning suvini ichib, havosidan nafas olib, tuzini yeb faoliyat koʻrsatdim. Sizlarning barchangizga sihat-salomatlik, omad tilayman. Yoʻl qoʻygan kamchiliklarim uchun sizlardan uzr soʻrayman. Xayr!”, - deya yozib qoldirdi hokim.
Maʼlumot uchun, Zafar Fayzullayev 2014-2017 yillarda Oʻrtachirchiq tumanidagi “Toʻytepa Zafar mevalari” fermer xoʻjaligini boshqargan. 2001-2011 yillarda esa Yangiyoʻl tuman hokimi lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Turli hududlarda hokim lavozimida 15 yil xizmat qilgan.
* Facebook (Meta) ekstremistik faoliyati uchun Rossiyada taʼqiqlangan ijtimoiy tarmoq.
Yangiliklar lentasi
0