Iqtisod

Mirziyoyev Oltiariqda tashkil etilgan ming gektar adirlikdagi uzumchilik bogʻini borib koʻrdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oltiariqda uzum mahsulotlarni koʻpaytirish maqsadida tuman chekkasidagi ming gektar adirlikda uzumchilik va bogʻdorchilik plantatsiyasi tashkil etilgan.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifini Oltiariq tumanidan boshladi.
Tumanda uzum mahsulotlarni koʻpaytirish maqsadida ming gektar adirlikda uzumchilik va bogʻdorchilik plantatsiyasi tashkil etildi. Prezident ushbu bogʻni kelib koʻrdi.
Taʼkidlanishicha, ilgari bu joy hech narsa ekilmaydigan quruq yer edi. Hozir oʻzlashtirilgan maydonlarning 560 gektarida tokzor barpo etilib, “xusayni”, “kelinbarmoq”, “rizamat”, “kishmish” kabi xaridorgir uzum navlari ekilmoqda. 300 gektarlik intensiv bogʻda olma, gilos, oʻrik koʻchatlari oʻtqazilmoqda.
Qator oralariga tarvuz ekilgan. Bozor talabiga qarab, qalampir, bulgʻor qalampiri, bodring, koʻkatlar va boshqa poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Bular aholi daromadi, yurtimiz eksportini oshirish uchun qoʻshimcha manba boʻladi.
"Fargʻona qishloq xoʻjaligida katta natijalarga erishayapti, odamlarning dunyoqarashi oʻzgarayapti, dehqonlar eksportga chiqayapti. Lekin kechagi natija bugunga toʻgʻri kelmaydi. Doim izlanishda, harakatda boʻlishimiz kerak. Mana, salgina sharoit yaratilgani uchun shuncha joy bogʻ boʻldi. Hali ichki imkoniyatlarimiz juda koʻp. Bu imkoniyatlarni “inson qadri” tamoyili asosida xalqimiz manfaatiga yoʻnaltirish kerak. Vodiy gavhari Fargʻona bunda namuna boʻlishi kerak”, - dedi Mirziyoyev.
Bu yer zamonaviy agrosanoat majmui boʻladi - 1 ming 500 tonna sigʻimli muzlatkichli ombor, maishiy xizmat shoxobchalari barpo etiladi. 6 ta minitraktor, 10 ta yuk mashinasi sotib olinadi. Bogʻ va tokzorlar aholiga boʻlib beriladi. Bu mirishkor oltiariqliklar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Davlat rahbari shu yerda fargʻonalik dehqonlar va klaster rahbarlari bilan suhbatlashdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Mirziyoyev Oltiariqda tashkil etilgan ming gektar adirlikdagi uzumchilik bogʻini borib koʻrdi

Mirziyoyev Oltiariqda tashkil etilgan ming gektar adirlikdagi uzumchilik bogʻini borib koʻrdi - Sputnik Oʻzbekiston
1/5

2/5

3/5

4/5

5/5

“Bu bogʻ va tokzorlar aholiga xususiylashtirib beriladi. Mulkdor qancha koʻp boʻlsa, masʼuliyat koʻp boʻladi, xaridorlarning, chet ellik hamkorlarning tadbirkorga ishonchi boʻladi, odamlar koʻproq daromad oladi”, - dedi prezident.
Hududda 3 mingdan ortiq ish oʻrni ochilishi aytildi. Ularga ishsiz yoshlar va ehtiyojmand oilalar, jumladan, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari ishga olinadi.
Yangiliklar lentasi
0