NATOga tanbeh: Zmeiniy oroli sirlari

© AP Photo / AnonymousOstrov Zmeiniy
Ostrov Zmeiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya katta kuchlarni janubiy yo‘nalishda jamlayapti va o‘rta muddatda Zmeiniy Nikolayev va Odessa uchun bo‘lajak janglarda muhim rol o‘ynaydi.
Ukraina qo‘shinlari amerikalik va britaniyalik maslahatchilari boshchiligida Zmeiniy (Ilon) orolini bosib olishga harakat qilishdi. Biroq, rossiyalik harbiylarning professional mahorati ularning rejalarini puchga chiqardi.
Zmeiniy orolining operatsion va strategik ahamiyatiga ortiqcha baho berish qiyin. Orol Dunayning quyilish joyidan 35 km, Odessa viloyatidagi eng yaqin aholi punktidan 48 km va Qrimdan 180 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu kichik maydonga ega quruqlik (taxminan 600x600 metr) Qora dengizning shimoli-g‘arbiy qismi, shuningdek, Ruminiyadan Ukrainaga - suv va havo orqali yuk (qurol) oqimini ishonchli boshqarish imkonini beradi.
9-may arafasida Vashington, Brussel va Londondagi strateglarga orolni rus qo‘shinlaridan “ozod qilish” maqsadga muvofiqdek tuyulgan. Ukraina kuchlarining qo‘li bilan, albatta.
RIA Novostining Rossiya huquq-tartibot idoralaridagi manbadan iqtibos keltirib aytishicha, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi o‘z joniga qasd qilishdek xatarli media loyihasiga qarshi chiqkan. Biroq prezident Vladimir Zelenskiyning o‘zi shaxsan Zmeiniyga desant operatsiyasini o‘tkazishni buyurgan.
Rus qo‘shinlari bir qancha vaqt go‘yoki G‘arb strateglarining rejalarini amalga oshirayotgandek orolda, dengizda va radioefirda “pinjiga kirishgan” – Zmeiniyni panasiz qoldirgandek ko‘rsatishgan. Va bu Ukraina Qurolli Kuchlari va NATOning desant operatsiyasidagi muvaffaqiyatsizlikning boshlanishi bo‘ldi.
7-10 may kunlari Zmeiniy yaqinidagi osmon va dengizda orolni egallashga bo‘lgan behuda urinishlar chog‘ida Rossiya Qurolli Kuchlari uchta frontal bombardimonchi Su-24, Su-27 qiruvchi samolyoti, Mi-24 hujum vertoloti va uchta ko‘p nishonli Mi-8, 58181 “Kentavr” loyihasining uchta zirhli kateri bortida desant kuchlari bilan yo‘q qilindi. Ukraina Qurolli Kuchlari elita bo‘linmalarining 100 dan ortiq harbiy xizmatchilari halok bo‘ldi.
Odessa yaqinida 8-may kuni Ukrainaning 1241 “Molniya” loyihasining to‘rtta kemaga qarshi raketalarni olib o‘ta oladigan korveti yuqori aniqlikdagi zarbalar bilan cho‘ktirildi.

Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi vositalari Zmeiniy hududida 30 ta Ukraina uchuvchisiz apparati, jumladan Turkiyada ishlab chiqarilgan 9 ta “Bayraktar-TB2” hujumchi dronini urib tushirdi.

Kiyev rejimi, shuningdek, Odessa viloyatidagi Arsiz aholi punkti yaqinida oltita Mi-8 va Mi-24 vertolotlarini yo‘qotdi.
Shu bilan birga Qrimdan “Oniks” raketasi hujumi (Izmoil yaqinida) Chervonoglinskoe aerodromini vayron qildi. Bu aerodomdan “Bayraktar-TB2” Zmeiniy yo‘nalishi bo‘yicha uchirilishni boshlagan.
Omon qolgan barcha aviatsiyani Ukraina shimolga ko‘chirdi.

Hammasi rejadagidek ketapti

Zmeiniy oroli yaqinida 7-10 may kunlari bo‘lib o‘tgan jang voqealari, taktika bo‘yicha akademik darsliklariga va Rossiya maxsus kuchlari qo‘shinlari tarixiga, albatta, kiritiladi.
Ukraina Qurolli Kuchlari desant operatsiyasining muvaffaqiyatsizligi va Rossiya Qurolli Kuchlarining Qora dengiz shimoli-g‘arbiy qismida tezkor-strategik pozitsiyalarini (ustunligini) saqlab qolish - bu NATOdagi “sheriklar” uchun jiddiy tanbeh.
Ta’kidlash kerak- bu tanbeh birinchi va oxirgisi emas. Avvalroq Ukrainaning Zmeiyniy garnizoni qarshiliksiz rus qo‘shinlariga taslim bo‘lgandi. Prezident Vladimir Zelenskiy esa o‘z “qahramonlari”ni vafotidan keyin taqdirlagan edi.
Ukraina Qurolli Kuchlarining dahshatli darajadagi yo‘qotishlariga qaramay, orolning qo‘lga olinishini Kiyev va G‘arb Ukrainaga Ruminiyadan (G‘arbning havo hujumiga qarshi mudofaa va Kemaga qarshi tizim) qurol va yoqilg‘i-moylash materiallarining dengiz tranzitini ochishga qodir muhim “g‘alaba” deb hisoblaydi. Demak, bu yerda harbiy harakatlar davom etadi.
Boshqa tomondan esa, Rossiya katta kuchlarni janubiy yo‘nalishda jamlayapti va o‘rta muddatda Zmeiniy Nikolayev va Odessa uchun bo‘lajak janglarda muhim rol o‘ynaydi.
Asosiy e’tiborni Odessaga qaratgan holda, rus qo‘shinlari o‘zlarining jangovar faolligini sezilarli darajada oshirgan, har kuni front chizig‘ida va Ukraina qo‘shinlarining tezkor orqa qismining chuqur qismiga yuzlab zarbalar berdi.
Rossiya Federatsiyasining maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan buyon 164 ta Ukraina samolyoti, 125 ta vertolot, 807 ta uchuvchisiz uchish apparati, 302 ta zenit-raketa kompleksi, 2998 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 360 ta ko‘p sonli raketalar, 1455 ta maydon artilleriyasi va minomotlari, shuningdek, 2808 ta Ukraina Qurolli Kuchlarining maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Bu 24-fevral holatiga ko‘ra Ukraina armiyasining deyarli barcha harbiy texnikasi vayron bo‘lganini anglatadi.
Ukraina Qurolli Kuchlari va Milliy Gvardiyasining halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari soni o‘n minglabga yetadi.
Kiyev rejimini faqat AQSh va NATOning qurol bilan ta’minlashi va Ukrainaning safarbarlik zaxiralarini tezda yo‘q qilinayotgani ushlab turibdi.
Buning fonida AQSh Kongressi Kiyev rejimiga qo‘shimcha harbiy yordam sifatida 40 milliard dollar ajratdi. Amerikaning Ukrainadagi yangi elchisi Bridjit Brink esa Rossiyaning maxsus operatsiyasini “strategik muvaffaqiyatsizlikka” aylantirish uchun hammasini qilishga va’da berdi.
Bu vaqtda esa AQSh Milliy razvedkasi direktori Evril Xeyns RF va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralardan istiqbol ko‘rmayotganini aytdi. Va razvedka haqiqatga yaqin- Kiyevning qo‘g‘irchoq rejimi muzokaralarga layoqatli emas. Muzokaralar o‘tmishga aylanyapti, xuddi 30-yil oldingi Rossiyaga qarshi Ukraina kabi.
Rossiyaning Ukrainani demilitirizatsiyalash va denatsifikatsiyalash bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi resurslar (yuqori aniqlikdagi raketalar), vaqt va geografik maydon borasida cheklovlarsiz, rejadagidek davom etapti.
Yangiliklar lentasi
0