Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Saratondan himoya qiluvchi beshta mahsulot

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke
Rojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Britaniyalik shifokor saratondan himoya qiluvchi mahsulotlarni aytdi.
Bir qancha oziq-ovqatlar saraton kasalliklaridan himoya qilishi mumkin. Daily Expess nashri shifokor Vilyam Lining bu borada tavsiyalarini e’lon qilgan.
Shifokor saratonga qarshi oziq-ovqatlar ro‘yxatiga birinchi o‘rinda o‘rmon, keshyu, bodom, xandon pista, araxis va Braziliya kabi yong‘oq turlarini tavsiya qilgan. Mutaxassisning aytishicha bu quruq mevalar tarkibida polifenollar bo‘lib, ular onkologik kasalliklar bilan kurashishga yordam beradi. Shuningdek, bu yong‘oqlar tarkibida omega-3 yog‘li kislotalar saraton hujayralarining “oziqlanishini” to‘sib qo‘yadi.
Yana bir mahsulot- pomidor. Pomidor likopinga boy. Likopin saraton hujayralariga qon yetib borishini to‘sib qo‘yib ularni “och qoldiradi”.
“Likopin, shuningdek, DNK to‘qimalarini ham saraton hujayralaridan himoyalashga yordam beradi”, - deydi shifokor.
Mutaxassis bunda tadqiqot xulosasini ham keltirib o‘tgan. Bunga ko‘ra, bir haftada ikki marotaba pomidordan tayyorlangan taom iste’mol qilgan erkaklarning prostata o‘simtasi kasaliga chalinish ehtimoli 30% ga kamaygan.
Ro‘yxatdagi uchinchi muhim mahsulot- binafsharang kartoshka. Kartoshkaning bunday noyob turi antotsianin- rak hujayralarini “o‘ldiruvchi” moddaga boy.
Shuningdek, shifokor oqsil, aminokislotalar va antioksidantlarga boy bo‘lgan ustritsalarni iste’mol qilishni tavsiya qilgan. Mollyuskalar inson DNKsi buzishlaridan 10 barobargacha asraydi.
Ovozdan saraton kasalligini aniqlash mumkinligi ma’lum bo‘ldi
Ro‘yxatdagi so‘nggi mahsulot- matcha ko‘k choyi. Bu ichimlik ko‘krak saratoni kasalligida samarali bo‘ladi. Uni asosan Xitoy va Yaponiya mamlakatlarida qadimdan iste’mol qilib kelishadi.
Yangiliklar lentasi
0