SSP tadbirkorlarni Boshqirdiston vakillari bilan B2B uchrashuvga taklif qildi

© Fotolia / KokhanchikovUfa, Bashkiriya
Ufa, Bashkiriya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu uchrashuvga sanoat, agro va kimyo sohasi vakillari taklif qilinadi. Rossiyalik tadbirkorlar ham O‘zbekistonning avtosanoati, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon majmualari bilan hamkorlik qilishni rejalashtirishmoqda.
TOShKENT, 12-may - Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mahalliy tadbirkorlarni Toshkentda 18-may kuni Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasi biznes vakillari bilan bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan V2V uchrashuvga taklif qildi.
Tadbirda Boshqirdistonning kimyo-sanoati, bolt, shurup, o‘lchagich va tarozi mahsulotlari, yoritish moslamalari, elektrotexnika, to‘qimachilik, plastmassa buyumlar va oyna mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ishtirok etishadi.
Boshqirdiston kompaniyalar to‘g‘risidagi ma’lumot bilan quyidagi xavola orqali tanishishingiz mumkin.
Boshqirdistonlik tadbirkorlar tomondan ham O‘zbekistonda hamkorlik qilish potensial imkoni bo‘lgan kompaniyalar sanab o‘tilgan ular orasida. "Qo‘ng‘irot soda zavodi", Apteka tarmoqlari, barcha avtosanoat korxonalari, agrosanoat sohasi korxonalari bor.
Shuningdek rossiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonning metallurgiya korxonalari, temiryo‘l sohasida ishlovchi korxonalar tog‘-kon majmualari va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilishgan.
Yangiliklar lentasi
0