“Toshkent-Chirchiq-Xo‘jakent” yo‘nalishidagi Salar stansiyasi to‘liq ta’mirdan chiqdi

© Foto: "Toshkent MTU" UK“Toshkent-Chirchiq-Xojikent” yo‘nalishidagi Salar stansiyasi to‘liq ta’mirdan chiqdi
“Toshkent-Chirchiq-Xojikent” yo‘nalishidagi Salar stansiyasi to‘liq ta’mirdan chiqdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Uzelga qarashli Salar stansiyasi 1 km 6 piketdan 2 km 3 piketgacha bo‘lgan masofadagi po‘lat izlar to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik.“Toshkent-Chirchiq-Xo‘jakent yo‘nalishi bo‘yicha Uzelga qarashli Salar stansiyasi 1 km 6 piketdan 2 km 3 piketgacha bo‘lgan masofadagi po‘lat izlar to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi. Bu haqda "Toshkent MTU” unitar korxonasi xabar berdi.
Hozirda “Toshkent-Chirchiq-Xo‘jakent yo‘nalishida tezurar elektropoyezdlar harakatini tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
“Toshkent MTU” unitar korxonasining yo‘l, aloqa, energetika xo‘jaliklari va tarmoqdagi boshqa korxonalar hamkorligida “Toshkent-Chirchiq-Xo‘jakent” yo‘nalishida elektropoyezdlar tezligini yanada oshirish uchun po‘lat izlarni tubdan ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni kunda ushbu yo‘nalishda temir yo‘l atroflarini to‘sish, loyihada belgilangan hududlarda sun’iy inshootlar, yo‘l o‘tkazgichlarni qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Toshkent - Chirchiq - Xo‘jakent yo‘nalishi bo‘yicha tezurar elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturida nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0