Xerson viloyatidagi bazada g‘arb harbiylari ukrainalik jangarilarni tayyorlashgan

© AP Photo / Aleksandr ShulmanInstruktor spesnaza SShA treniruyet ukrainskix soldat na voyennom poligone v Xmelniskoy oblasti Ukraini 21-noyabrya 2015 goda.
Instruktor spesnaza SShA treniruyet ukrainskix soldat na voyennom poligone v Xmelniskoy oblasti Ukraini 21-noyabrya 2015 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Xerson viloyatidagi bazada UQK NATO standartlariga binoan tayyorlangani to‘g‘risidagi sertifikatlar topildi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Rossiyalik harbiylar Xerson viloyatidagi harbiy bazaning hujjatlarini qo‘lga kiritishdi. Ayrim hujjatlarga ko‘ra, ukrainalik jangarilarni harbiylar bilan bir qatorda g‘arb mutaxassislari NATO standartlariga binoan tayyorlashgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
RIA Novosti ixtiyoriga Radensk aholi punkti hududidagi 241-umumqo‘shin poligonida (Aleshkinskie peski) topilgan hujjatlar kelib tushgan. U yerda mashg‘ulot baza joylangan bo‘lgan. Jumladan, ukrainalik harbiylarga mo‘ljallangan sertifikatlar ular g‘arb standartlariga binoat harbiy tayyorgarlikdan o‘tishganini tasdiqlaydi. Hujjatlarda Kanada va Buyuk Britaniya bayroqlari aks etgan.
Rossiya harbiylari ma’lumotlariga ko‘ra, poligonda nafaqat harbiylar, balki Ukrainaning turli millatchi guruhlari jangarilari tayyorgarlikdan o‘tishgan.
Yangiliklar lentasi
0