https://sputniknews-uz.com/20220513/erdogan-finlyandiya-va-shvetsiyaning-natoga-azo-bolishini-ijobiy-fikr-emas-deb-baholadi-24539239.html
Erdoʻgʻan: Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlishi - ijobiy fikr emas
Erdoʻgʻan: Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlishi - ijobiy fikr emas
Turkiya terrorchilarga "mehmondoʻstlik" koʻrsatish odatiga ega boʻlgan Skandiyanaviya davlatlarini NATOda koʻrishdan mamnun boʻlmaydi - dedi Erdoʻgʻan. 13.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-13T18:57+0500
2022-05-13T18:57+0500
2022-05-13T18:59+0500
dunyoda
turkiya
nato
shvetsiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0b/1e/21579460_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_600aaf3e3bbe6b0975279608fa983bf7.jpg
TOSHKENT, 13 may – Sputnik. Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlish jarayonini kuzatib bormoqda va hozircha bunga ijobiy qaray olmayapti, dedi Prezident Toyib Erdogʻan. Eslatib oʻtamiz, Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlaganidan soʻng Finlyandiya va Shvetsiya uzoq muddatli betaraflik pozitsiyasidan voz kechib va NATOga qoʻshilish imkoniyatlari haqida gapira boshladi. Alyans rahbari Yens Stoltenberg Finlyandiya va Shvetsiyani oʻz saflarida koʻrishdan xursand boʻlishini va ularga tezda aʼzo boʻlish imkoniyatini taqdim etishini taʼkidladi. "NATO ushbu davlatlar alyansga aʼzo boʻlish haqidagi qarorni kelgusi "oylar va haftalar" ichida qabul qilishidan umidvor. AQSH ularni ittifoqqa qoʻshilishidan mamnun boʻladi, - dedi AQShning NATOdagi doimiy vakili Julianna Smit. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov alyansning yanada kengayishi Yevropaga katta xavfsizlik olib kelmasligini, NATO agressiv xarakterga ega ekanligini aytdi. Shu bilan birga, u Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi - Rossiya uchun tahdid deb hisoblamasligini qoʻshimcha qildi. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi oʻrinbosari Dmitriy Polyanskiy Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi va keyinchalik ularda ittifoq boʻlinmalarining joylashtirilishi ushbu hududlarni Rossiya harbiylari uchun mumkin boʻlgan nishonga aylantirishini taʼkidladi.
turkiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0b/1e/21579460_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_b83476a389f9059cd189523a8fbafdd3.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
turkiya, nato, shvetsiya
Erdoʻgʻan: Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlishi - ijobiy fikr emas
18:57 13.05.2022 (yangilandi: 18:59 13.05.2022) Turkiya terrorchilarga "mehmondoʻstlik" koʻrsatish odatiga ega boʻlgan Skandiyanaviya davlatlarini NATOda koʻrishdan mamnun boʻlmaydi - dedi Erdoʻgʻan.
TOSHKENT, 13 may – Sputnik. Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlish jarayonini kuzatib bormoqda va hozircha bunga ijobiy qaray olmayapti,
dedi Prezident Toyib Erdogʻan.
"Biz jarayonni kuzatib boryapmiz. Lekin bu borada ijobiy, fikrda emasmiz. Chunki bundan oldin Gretsiya bilan bogʻliq xatolik boʻlgan edi. Siz Yunonistonning alyans doirasida Turkiyaga nisbatan xatti-harakatlaridan xabardorsiz. Biz Turkiya tomonidan ikkinchi xatoga yoʻl qoʻymoqchi emasmiz. Bilasizki Skandinavi davlatlarida terrorchilarga "mehmondoʻstlik" koʻrsatish, ularni parlamentga kiritish odati bor. Shuning uchun biz bunga hali ijobiy qaray olmaymiz”, dedi Erdoʻgʻan jurnalistlarga.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlaganidan soʻng Finlyandiya va Shvetsiya uzoq muddatli betaraflik pozitsiyasidan voz kechib va NATOga qoʻshilish imkoniyatlari haqida gapira boshladi. Alyans rahbari Yens Stoltenberg Finlyandiya va Shvetsiyani oʻz saflarida koʻrishdan xursand boʻlishini va ularga tezda aʼzo boʻlish imkoniyatini taqdim etishini taʼkidladi.
"NATO ushbu davlatlar alyansga aʼzo boʻlish haqidagi qarorni kelgusi "oylar va haftalar" ichida qabul qilishidan umidvor. AQSH ularni ittifoqqa qoʻshilishidan mamnun boʻladi, - dedi AQShning NATOdagi doimiy vakili Julianna Smit.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov alyansning yanada kengayishi Yevropaga katta xavfsizlik olib kelmasligini, NATO agressiv xarakterga ega ekanligini aytdi. Shu bilan birga, u Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi - Rossiya uchun tahdid deb hisoblamasligini qoʻshimcha qildi.
Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi oʻrinbosari Dmitriy Polyanskiy Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi va keyinchalik ularda ittifoq boʻlinmalarining joylashtirilishi ushbu hududlarni Rossiya harbiylari uchun mumkin boʻlgan nishonga aylantirishini taʼkidladi.